Köpçilik tahlilçilar taşkilotning Samarqand sammitida köriladigan, kelişiladigan masalalar taşkilotning va umuman “Turkiy dunyo” ğoyasining keyinini belgilab berişi haqida gapirişgan edi.
Sammit ötdi. Xöş, işonç qançalik oqlandi? Tadbir davomida imzolangan hujjatlar unga a’zo davlatlar siyosati, iqtisodiyotida nimalarni belgilab beradi yoki nimalarni özgartiradi? Kun.uz muxbiri şu va boşqa savollar atrofida suhbat ötkazdi. Suhbat mehmonlari iqtisodçi Abdulla Abduqodirov va siyosatşunoslar Hamid Sodiq hamda Akram Umarov böldi.
— Abdulla aka, Samarqand sammiti davomida 10 dan ortiq hujjat imzolandi. Bu hujjatlardan Özbekiston iqtisodiyotiga nima naf?
Abdulla Abduqodirov:
— Prezident öz nutqida turkiy davlatlar bilan savdo aloqalari umumiy yalpi içki mahsulot aylanmasining 4 foizini taşkil qilişini aytib ötdi. Şundan biliş mumkinki, potensialimiz hali tölaqonli işga tuşmagan va buning bir qança sababi bor. Birinçidan, bu logistika masalasiga borib taqaladi. Aynan şuning uçun ham bu masalaga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirda Turkiya hamda Ozarboyjon bilan aloqalar yölga qöyilgan. Ammo turk dunyosi bilan quruqlik koridori oçiladigan bölsa, öz-özidan savdo aloqalarida ham özgarişlar kuzatiladi. Sammitda imzolangan masalalardan biri aynan Turkiya hamda Özbekiston örtasida qatnovçi yuk maşinalarining bir hududdan ikkinçi hududga kirib-çiqişidagi tekşiruvlarni nisbatan soddalaştiriş rejimi böldi. Albatta, buning ba’zi texnik kamçiliklari bor. Şunga qaramasdan ularga rasmiy asos yaratib berildi. Öylaymanki, bu masalaga boşqa turk davlatlari ham qöşiladi. Biz kuzatuvçi maqomida bölgan Turkmaniston, qolaversa, Qozoğiston va Qirğizistondan ham şunday taşabbuslarni kutib qolamiz. Agar bu davlatlar ham qöllab-quvvatlasa, Markaziy Osiyoda yuk maşinalari harakatlanişi ançayin yengillaşadi.

Prezident nutqini kuzatadigan bölsak, avvalgi sammitlarda umumiy tarix, milliy qadriyatlarga töxtalib ötilgan bölsa, bu safar iqtisodiyotga köp e’tibor berildi. Bu muhokamalarda turkiy davlatlar örtasidagi mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirişga ahamiyat beriş lozimligi ta’kidlab ötildi va janubiy transport koridori degan terminlar işlatildi. Bu koridor Xitoydan Qirğizistonga kirib keladigan temiryöl Özbekistonga ham keladi va Özbekistonning şimoliga borib, ikki yönalişda ketadi. Bir yönalişi Qozoğiston hamda bir yönalişi Turkmaniston orqali Kasbiy dengiziga boradi. Xitoyning töğridan töğri Markaziy Osiyoga çiqib ketişi bu biz uçun muhim ahamiyatga ega. Çunki biz şarqiy Osiyoning gigant davlati bölgan Xitoyni Ğarbiy Osiyo bilan boğlaş deboçasida turibmiz.




















