Tadbirda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarboyjon, Turkiya, Vengriya va Turkmaniston taşqi işlar vazirlari, TDT boş kotibi hamda TDT tuzilmalari – TURKSOY, TurkPA, Xalqaro turkiy akademiya, Xalqaro turkiy madaniyat va merosi fondi rahbarlari iştirok etdilar.
Uçraşuvda taşqi işlar vazirlari jahonda röy berayotgan voqealar jadalligi va xalqaro munosabatlardagi özgarişlar TDTni zamonaviy voqelikka doimiy moslaştiriş zaruriyatini taqozo etişini ta’kidladi. Iştirokçilar bugungi kun tobora kuçayib borayotgan tahdidlarini bartaraf etiş böyiça sa’y-harakatlarni birlaştiriş maqsadida strategik masalalar böyiça tizimli muloqotni yölga qöyiş zarurligiga e’tibor qaratdi.
Vazirlar öz nutqida oçiqlik, tenglik va özaro hurmat tamoyillariga, TDT doirasidagi köp qirrali munosabatlarni kengaytiriş mutlaq tarafdori ekanini ta’kidladi. Ular TDT makonida xavfsizlik va barqarorlikni saqlaş va mustahkamlaş eng muhim omillaridan biri Afğonistondagi vaziyatni tez fursatlarda tartibga soliş haqidagi pozitsiyani yana bir bor tasdiqladi.
Tadbir yakunida TDTga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlari navbatdagi yiğilişini 2023 yilda Qozoğistonda ötkaziş töğrisida qaror qabul qilindi.


















