Turkiy davlatlar taşkilotining Samarqand sammiti doirasida 10 dan ortiq hujjat imzolandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi.
Jumladan, quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Turkiy davlatlar taşkiloti Samarqand sammiti deklaratsiyasi;
- Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan bitimiga protokol;
- Turkiy investitsion fondni qisqa muddatlarda tuziş töğrisidagi qaror;
- Bojxona koridorlarini soddalaştiriş töğrisidagi bitim;
- Aralaş transport vositalarida yuk taşiş töğrisidagi bitim;
- Turkiy davlatlar taşkilotining 2022-2026 yillarga möljallangan strategiyasini qabul qiliş töğrisidagi qaror;
- Savdo tartiblarini soddalaştiriş strategiyasini qabul qiliş töğrisidagi qaror.
A’zo davlatlar Özbekiston prezidentining kelayotgan 2023 yilni Turkiy sivilizatsiya yuksalişi yili deb e’lon qiliş töğrisidagi taklifini bir ovozdan qöllab-quvvatladi.
Tadbirda Qozoğiston taklifiga köra, taşkilot navbatdagi sammitini 2023 yilda Qozoğistonda ötkazişga qaror qilindi.
Ayni daqiqalarda prezidentimiz Turkmaniston Milliy kengaşi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uçraşuv ötkazmoqda. Unda Samarqand sammiti asosiy natijalari yuzasidan fikr almaşiş, oktabr oyida Aşxobodga bölgan taşrifda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlaş masalalari muhokamasi közda tutilgan.


















