Turkiy investitsiya jamg‘armasi turkiy davlatlar tomonidan tashkil etilgan birinchi va asosiy qo‘shma moliya institutiga aylanadi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning iqtisodiy salohiyatini, ular o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, jamg‘arma mablag‘lari esa qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Jamg‘arma faoliyati — tadbirkorlikni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha har bir ishtirokchi davlatda hujjat loyihasini kelishish bo‘yicha ichki tartib-qoidalarni qisqa muddatlarda yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishildi va rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar doirasida bitimni imzolashga kelishib olindi.

Turkiy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish 2023 yilga mo‘ljallangan.