Jahon | 16:13 / 15.11.2022
9250
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh o‘zgartirilgan Gray Eagle uchuvchisiz uchoqlarini Kiyevga berishi mumkin

Foto: Reuters

Gray Eagle Ukraina Qurolli kuchlariga razvedka ma’lumotlarini yig‘ish, uzoq masofali razvedka, nishonga olishda yordam berish va Rossiyadan uchirilgan uchuvchisiz uchoqlarga qarshi kurashda ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lish imkonini yaratadi

Qo‘shma Shtatlar General Atomics tomonidan ishlab chiqarilgan, Hellfire raketalarini olib yurishga qodir bo‘lgan Gray Eagle MQ-1 C Amerika razvedka va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatini o‘zgartirish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda 14 noyabr, dushanba kuni Amerikaning CNN telekanali ikki amerikalik mulozimga tayanib ma’lum qildi. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington murakkab texnologiyalarga ega uchuvchisiz uchish apparatlari Kiyevga topshirilsa, Ukraina hududida urib tushirilishi va u bosib olgan hududlarda Rossiya tomoni qo‘liga tushishi mumkinligidan xavotirda. 

«Juda jiddiy texnik o‘zgarishlar va zaifliklarni neytrallash jarayoni bor. U qisqa muddatda real ravishda berilishi mumkin», - dedi Kongress vakili. «Ammo bu jarayon vaqt talab etadi va ancha murakkab», - deydi u. 

«Ushbu maxsus tizimni taqdim etishga ham haqiqiy qiziqish bor - agar biz kerakli o‘zgarishlarni amalga oshira olsak, dronlar urush maydonida Ukraina uchun foydali bo‘ladi», dedi AQSh rasmiysi. 

«Biz shuni ta’kidlaymizki, taslim bo‘lmadik», dedi amerikalik suhbatdosh o‘z navbatida. «Gap Ukrainaning omon qolishi haqida ketyapti», deya qo‘shimcha qildi u. 

Gray Eagle Ukraina kuchlariga razvedka ma’lumotlarini to‘plash, uzoq masofalardan razvedka o‘tkazish, nishonga olish yordamini kengaytirish va Rossiya tomonidan uchirilgan uchuvchisiz uchoqlarga qarshi kurashda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lish imkonini yaratadi. 

The Wall Street Journal avvalroq AQSh vaziyatni yanada kuchaytirmaslik uchun Ukrainaga yangilangan Gray Eagle MQ-1C dronlarini berishdan bosh tortayotgani haqida xabar bergan edi. Gazetaga ko‘ra, ushbu uchuvchisiz uchoqlarning topshirilishi Moskvaga Qo‘shma Shtatlar Kiyevni Rossiya hududiga zarba bera oladigan qurollar bilan jihozlayotgani haqida signal berishi mumkin, deya izoh berdi vaziyatdan xabardor rasmiylar gazetaga. 

Pentagon 10 noyabr kuni AQShdan Ukrainaga 400 million dollarlik yangi yordam paketiga 4 ta Avenger havo hujumidan mudofaa tizimi, 100 ta zirhli mashina va 400 ta granata otish moslamasi kiritilganini ma’lum qildi. 

Mavzuga oid