Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaning raketa zarbalarini qoraladi va Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etadi
Qo‘shma Shtatlar qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha vaqt Ukrainaga yordam berishini ta’kidladi.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jyeyk Sallivan so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi.
«Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi so‘nggi raketa zarbalarini keskin qoralaydi, bu hujumlar Kiyevdagi turar joy binolari va butun mamlakat bo‘ylab boshqa inshootlarga zarar yetkazgan.
Bali orolidagi G20 sammitida dunyo yetakchilari yig‘ilib, odamlarning hayoti uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni muhokama qilganda, Rossiya bu hayotga tahdid solayotgani va Ukrainaning muhim infratuzilmasini vayron qilayotgani e’tiborimizdan chetda qolmadi.
Qo‘shma Shtatlar va ittifoqchilar Ukrainani o‘zini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashda davom etadi. Biz Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha vaqt qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi u brifingda.
15 noyabr kuni Rossiya tomonidan Ukraina shaharlari bo‘ylab ommaviy raketa zarbalari berildi. Oqibatda, turar joy binolari, muhim infratuzilma obektlariga jiddiy zarar yetkazildi. Qurbonlar soni ma’lum qilinmadi. Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya tomonidan 100 ga yaqin raketa uchirilgani va bu so‘nggi oylardagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026