BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Ukrainaga tovon to‘lashiga asos yaratdi
BMT Bosh assambleyasining navbatdan tashqari sessiyasi ishtirokchilari Ukrainaga yetkazilgan zarar va yo‘qotishlarni qoplash mexanizmlarini yaratish zarurligini ko‘rsatuvchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi.
Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining favqulodda sessiyasi ishtirokchilari Ukrainaga qarshi boshlangan urushdan jabr ko‘rganlarga Rossiya tomonidan tovon to‘lash mexanizmi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. 14 noyabr, dushanba kuni Rossiya, jumladan, tovon to‘lash yo‘li bilan javobgarlikka tortiladigan hujjat uchun 94 davlat ovoz berdi, 14 davlat qarshi chiqdi, 73 davlat betaraf qoldi. Qarshi chiqqanlar, Rossiyadan tashqari, Xitoy, Eron va Kubani o‘z ichiga olgan. Qozog‘iston, Serbiya, Braziliya va Hindiston betaraf qoldi.
Qaror mualliflari Rossiyaning «noqonuniy harakatlari» natijasida Ukrainaga yetkazilgan zarar, yo‘qotish yoki tan jarohatini qoplash mexanizmlarini yaratish zarurligiga ishora qilmoqda. Bundan tashqari, ular Bosh assambleya a’zolariga Kiyev bilan hamkorlikda da’volarni hujjatlashtirish, ukrainaliklar va ularning davlatiga yetkazilgan zarar hamda yo‘qotishlar haqida ma’lumot to‘plash uchun «xalqaro reyestr» yaratishni tavsiya qiladi.
Bu BMT Bosh assambleyasining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qoralovchi beshinchi rezolyutsiyasidir. Qolganlari bilan taqqoslaganda, uni BMTning eng kam sonli davlatlari qo‘llab-quvvatladi. Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining rezolyutsiyalari qonuniy kuchga ega emas, balki xalqaro hamjamiyat fikrini aks ettiradi va siyosiy ahamiyatga ega.
Mavzuga oid
16:13
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
15:05
Duma Ukrainada jang qilayotganlarning qarzidan kechish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
13:31
Zelenskiy Radaga Ukrainaning «matona rejasi»ni taqdim etdi
12:57