Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bank hisobvarag‘idan pul mablag‘ini hisobdan chiqarish tartibi o‘zgaradi
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Tegishli hujjat loyihasiga ko‘ra, yo‘riqnoma xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari ularga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmaganda, mablag‘larni hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt asosiy hisobvarag‘ida mablag‘ unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan holda, pul-hisob-kitob hujjatlari 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 2-son kartoteka xo‘jalik yurituvchi sub’yekt faqat asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda shakllantiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt asosiy hisobvarag‘iga davlat ijrochilari tomonidan soliq qarzi bo‘yicha elektron inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan taqdirda, ushbu inkassa topshiriqnomalari to‘g‘risidagi elektron xabarnoma banklar tomonidan shu kun o‘zida Davlat soliq qo‘mitasiga yuboriladi.
Soliq organi shu kun o‘zida ushbu elektron xabarnoma asosida o‘z inkasso topshiriqnomalarini va soliq to‘lovchi to‘lov topshiriqnomalarini banklardan chaqirib oladi.
Hisobvaraqdan pul mablag‘larni mutanosib ravishda hisobdan chiqarishda mablag‘lar qoldig‘i yuz ming so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim. Agar hisobvaraqdagi mablag‘lar qoldig‘i 2-son kartoteka qoldig‘idan ko‘p bo‘lsa, summasidan qat’iy nazar mutanosib hisobdan chiqarilish mumkin.
Mavzuga oid
08:34 / 16.04.2026
Surxondaryoda mansabdorning pul talab qilish rejasi fosh etildi
15:42 / 16.03.2026
Inson o‘zini baxtli his qilishi uchun qancha pul kerak?
16:46 / 02.02.2026
Bank mansabdori 120 ming dollar kredit chiqarib, qimorga tikib yubordi
09:05 / 18.10.2025