Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G20 sammiti Rossiyaning Ukrainadagi urushini qoralab chiqdi
G20 yakuniy bayonotida ochiqchasiga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi «maxsus harbiy operatsiya» emas, balki urush deb atalgan.
G20 davlatlari 16 noyabr, chorshanba kuni Balidagi sammitda qabul qilingan qo‘shma bayonotda Rossiyaning Ukrainadagi urushini keskin tanqid qildi. «A’zolarning aksariyati Ukrainadagi urushni keskin qoraladi va bu urush insoniyatga cheksiz azob-uqubatlarni keltirib chiqarayotganini, jahon iqtisodiyotidagi mavjud zaifliklarni kuchaytirayotganini ta’kidladi», — deyiladi hujjatda.
Matnda ta’kidlanishicha, bu urush global iqtisodiy o‘sishni cheklaydi, inflatsiyani kuchaytiradi, ta’minot zanjirlarini buzadi, energiya va oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytiradi, moliyaviy barqarorlik uchun xavflarni oshiradi.
Shu bilan birga, Rossiyaga nisbatan hujjatda sammit yig‘ilishi ishtirokchilari orasida «vaziyat va sanksiyalar haqida turlicha fikrlar va baholar bo‘lganligi» qayd etilgan. «Biz G20 xavfsizlik masalalarini hal qilish forumi emasligini tan olamiz, ammo xavfsizlik masalalari jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin», - deydi G20 a’zolari. Hujjatda Ukrainadagi urush to‘g‘ridan to‘g‘ri tilga olinmagan holda: «Yadro qurolidan foydalanish yoki undan foydalanish tahdidi qabul qilinishi mumkin emas», deb ta’kidlanadi.
Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan yirik mamlakatlar rahbarlari nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, inqirozni bartaraf etish harakatlari, diplomatiya va muloqot zarurligini ta’kidlamoqda.
Indoneziyaning Bali orolidagi G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rniga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etdi.
Mavzuga oid
12:21 / 21.11.2025
G20 JARda: sammit Tramp, Si va Putinsiz start olmoqda
20:58 / 13.11.2025
Tramp va Putin ortidan Si ham G20 sammitiga borishdan bosh tortdi
12:24 / 08.11.2025
Tramp JARdagi G20 sammitiga boykot bilan tahdid qilmoqda
19:29 / 22.09.2025