Sport | 19:58 / 16.11.2022
21241
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Markaziy Osiyo derbisida Qozog‘iston ustidan g‘alabaga erishdi

Bugun, 16 noyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Foto: Tribuna.uz

15 yillik tanaffusdan keyin «Paxtakor» stadionida o‘zaro maydonga tushgan qo‘shni mamlakat bosh jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hisob vakillarimiz tomonidan ochildi. Hojimat Erkinov ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida esa Otabek Shukurovning uzatmasidan keyin Eldor Shomurodov raqib himoyachilaridan mohirlik bilan qochib, yakkama-yakka vaziyatda hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi – 2:0.

Ikkinchi bo‘limda Katanets tarkibda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urgan bo‘lsa-da, o‘yin oxirigacha hisob o‘zgarishsiz qoldi. Shu tariqa, O‘zbekiston 28 yillik an’anani davom ettirib, Qozog‘iston milliy jamoasi ustidan navbatdagi g‘alabasiga erishdi.

16 noyabr (chorshanba)
O‘rtoqlik o‘yini. Toshkent.
O‘zbekiston – Qozog‘iston – 2:0

Bosh hakam: Sergey Karasyov, Igor Demeshko, Maksim Gavrilin (barchasi Rossiya).
Gollar: Hojimat Erkinov 12, Eldor Shomurodov 45.
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Farrux Sayfiyev, 5.Rustamjon Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 8.Dilshod Saitov (13.Sherzod Nasrullayev, 70), 9.Odil Hamrobekov (Abdulla Abdullayev, 90+2), 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeyev, 84), 15.Umar Eshmurodov, 19.Azizbek Turg‘unboyev (11.Oston O‘runov, 70), 20.Hojimat Erkinov (6.Sardor Sobirxo‘jayev, 70), 23.Husniddin Aliqulov.
Qozog‘iston: 12.Igor Shatskiy, 2.Sergey Maliy, 3.Nurali Alip, 7.Aslan Darabayev (19.Baxtiyor Zaynutdinov, 46), 8.Asxat Tagibergen, 10.Elxan Astanov (5.Islambek Kuat, 80), 16.Mixail Gabishev (13.Bagdat Kairov, 73), 17.Abat Aymbetov (25.Aybar Jaksilikov, 73), 18.Timur Dosmagambetov (14.Dmitriy Shomko, 73), 20.Ramazan Orazov (9.Baurxan Islamxan, 68), 22.Aleksandr Marochkin.

Mavzuga oid