Abdulla Qodiriyning "Ötkan kunlar" romani asosida myuzikl yaratilmoqda. Bu haqda Xalqaro forumlar saroyida ötgan davra suhbatida ma’lumot berildi. Tadbirda Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi kengaşi raisining örinbosari Saida Mirziyoyeva, myuziklni yaratiş böyiça ijodiy guruh a’zolari hamda OAV vakillari iştirok etişdi.

Saida Mirziyoyevaning aytişiça, bu myuziklning tomoşabinlar e’tibor markazidagi durdona asarga aylanişi juda muhim.

“Biz uçun özbek xalqi qiyofasi, uning tarixi va madaniyati donğini dunyoga taratişni, özbek adabiyotining jahon manzarasidagi nufuzini oşirişni davom ettiriş nihoyatda muhim. Bu qiziqarli, talabgor hamda özaro anglaşuv uçun zarur ekanini tuşunamiz. “Ötkan kunlar” romanida gavdalantirilgan XIX asrdagi Markaziy osiyolik kişilarning tarixi hamda muallifning şaxsiy hikoyalari barçani ilhomlantiradi – degan umiddamiz”,— ledi tadbirda nutq sözlagan Mirziyoyeva.

Mazkur myuziklni suratga oliş işlari keyingi yil davomida bölib ötadi va loyiha öşa yil söngida jamoatçilikka namoyiş etilişi kutilmoqda.

“Bu loyiha doirasida qator tadbirlar amalga oşiriladi. Myuzikl – juda ham murakkab janr bölib, çunki bunday körinişdagi sahna asarlari auditoriyaga tuşunarli qilib işlanişi zarur.

Mening fikrimça, “Ötkan kunlar” heç qaysi kitobxon, tomoşabinning e’tiboridan çetda qolmagan asar hisoblanadi. Mana uning yozilganiga asr bölsa-da, avlodlar buni sevib qabul qilmoqda. Şuningdek, asardagi voqealar myuziklning janr formulasiga tuşişi mumkin. Şuning uçun ham aynan “Ötkan kunlar” asari tanlab olingan”, – deydi kinoşunos, san’atşunoslik fanlari doktori Nigora Karimova.

Ma’lumotlarga köra, uşbu myuziklni yaratiş ustida özbekistonlik hamda xorijlik sahna ustalari, dramaturglar, liboslar böyiça rassomlar, aranjirovkaçi, xoreograflardan iborat baynalmilal jamoa iş olib boradi.

Aktyorlar tarkibi esa milliy kino va teatr san’atkorlaridan iborat böladi.

Taniqli sahnalaştiruvçi rejissyor Aleksey Frandetti myuziklning boş rejissyori hisoblanadi. U 1984 yilda Toşkent şahrida tavallud topgan rejissyor ilk marta 2013 yilda Kirill Serebrennikov bilan hamkorlikda “Bahorning uyğonişi” asarini sahnalaştirgan. Frandetti “Rossiya Kultura” telekanalining “Katta myuzikl” loyihasining taşabbuskori sanaladi. Rejissyor köplab mukofotlar, xususan, “Oltin niqob” teatr mukofotini qölga kiritgan bölib, 2022 yildan buyon Moskvadagi “Lenkom” teatrining boş rejissyori sifatida işlab kelmoqda.