Özbekistonning Misrdagi elçixonasida "Ötkan kunlar" romanining arab tilidagi naşri taqdim qilindi.
Özbekistonning Misrdagi elçixonasida buyuk özbek adibi Abdulla Qodiriyning "Ötkan kunlar" romanining ilk arab tilidagi "Ötkan kunlar: Turkistondagi aççiq sevgi qissasi" deb nomlangan naşrining taqdimoti bölib ötdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Maşhur asar taniqli tarjimon Ayn-Şams va Luksor universitetlari professori Muhammad al-Jibali tomonidan arab tiliga ögirilgan. Kitob taqdimoti Abdulla Qodiriyning 130 yilligini nişonlaş doirasida yozuvçi nabirasi Xondamir Qodiriy, Özbekiston yozuvçilari uyuşmasi a’zolari, mamlakat OAV vakillari, yozuvçi va nufuzli jurnalistlar iştirokida ötkazildi.
Tadbirni Özbekiston elçisi Mansurbek Qiliçev oçib berdi. Elçi öz nutqida özbek adabiyotining buyuk namoyandalari, ularning betakror asarlari haqida söz yuritar ekan, Abdulla Qodiriy 20 asr özbek adabiyotida yorqin iz qoldirganini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, sobiq ittifoq davrida özbek adiblarining köplab asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. Lekin "Ötkan kunlar" romani rus tilidan boşqa biror tilga tarjima qilinmagan. Hatto asarning rus tilidagi tarjimasi ham senzuraga uçrab, qator özgartirişlarga yuz tutdi.
Şu bois, elçixona kömagida oradan 100 yil ötib uşbu roman arab dunyosi öquvçilariga ilk marotaba "Ötkan kunlar: Turkistondagi aççiq sevgi qissasi" nomi ostida taqdim etildi.
"Ötkan kunlar" romanining arab tiliga tarjima qilinişi özbek madaniyati, mintaqa tarixi, özbekona odob-axloq kabi fazilatlarni Yaqin Şarq xalqlari orasida keng tarğib etişda xizmat qilişiga işonç bildirildi.
Tarjimada asarning eski özbek yozuvidagi ilk nusxasidan hamda rus va ingliz tillaridagi tarjimalaridan foydalanildi.
Çop etilgan kitob muqovasida Abdulla Qodiriy avlodlari tavsiyasiga köra, "Ötkan kunlar" romanining 1925 yildagi ilk naşrining suratidan foydalanildi. Kitob qattiq muqovada va sarğiş rangli silliq qoğozda çop etildi. Mintaqadagi eng yirik "Dor ul-Maorif" naşriyotida 1000 nusxada çop etilgan kitobni Misrdagi barça yirik kutubxonalar va universitetlar, ta’lim va madaniyat muassasalari, davlat idoralari, Qohiradagi diplomatik korpus örtasida tarqatiş rejalaştirilgan. Boşqa arab davlatlarida ham mazkur roman tarjimasini qayta çop etiş nazarda tutilmoqda.

















