Asar tarjimasi Kemyong universiteti professori Kim Çung Sun tomonidan amalga oşirildi.
Kitobni tarjima qiliş va uni naşr etiş jarayoni qariyb 2,5 yil davom etdi. Bu vaqt mobaynida roman tarjimasi mukammal çiqişi uçun tarjimon köplab izlanişlar olib bordi. Xususan, tarjimani koreys kitobxonlariga yanada tuşunarli va qiziqarli yetkaziş maqsadida professor Kim Çung Sun 21-31 mart kunlari Özbekistonda böldi. Safar davomida Abdulla Qodiriy uy-muzeyi hamda asar voqealari bölib ötgan şaharlar – Toşkent, Marğilon, Qöqon, Farğonada qator uçraşuvlar ötkazdi. Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti professor-öqituvçilari bilan tarjima jarayoni yuzasidan fikr almaşdi.
Janubiy Koreyalik tarjimon, şuningdek, Abdulla Qodiriyning nevarasi Xondamir Qodiriy bilan uçraşib, adib haqida va umuman "Ötkan kunlar" asarining yaratilişi haqida köplab ma’lumotlar oldi va ulardan tarjimani yanada boyitişda foydalandi.
Seul şahrida kitob taqdimotiga bağişlangan tantanali marosim ötkazildi. Tadbirda Janubiy Koreya parlamenti va hukumati, vazirlik va idoralari, ommaviy axborot vositalari, diplomatik korpus vakillari hamda faol vatandoşlar iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqan Özbekiston elçisi Alişer Abdusalomov Kemyong universiteti professoriga uşbu tarjimani amalga oşirişdagi beqiyos mehnati va fidokorona sa’y-harakatlari uçun minnatdorlik bildirdi. Elçi öz nutqida, mazkur tadbir faqatgina bir kitobning tarjimasi va namoyişi bilan çeklanib qolmasdan, balki Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi köp asrlik döstlik, özaro hurmat va umumiy madaniy qadriyatlarning yorqin ramziga aylanganini ta’kidladi. Şu ma’noda, taqdimot marosimi ikki xalq örtasidagi ma’naviy yaqinlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiluvçi muhim madaniy voqelik sifatida alohida ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Şuningdek, diplomat koreyalik öquvçilar "Ötkan kunlar" asarini mutolaa etar ekan, özbek xalqi tarixiga, milliy ruhiga, madaniy merosi va zamonaviy taraqqiyot yöliga nisbatan yanada çuqurroq va samimiy qiziqiş uyğonişiga umid bildirdi.

















