Özbekistonning Misrdagi elçixonasi tomonidan ma’lum qilinişiça, joriy yil iyun oyida prezident saylovini bevosita kuzatgan Muhammad al-Jibali Toşkentda bölgani çoğida Abdulla Qodiriy uy muzeyida bölib, yozuvçining nabiralari bilan uçraşgan, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasida suhbatlar ötkazgan, özbek madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanişgan.
Muhammad al-Jibalining aytişiça, nihoyatda boy adabiy merosga ega özbek adabiyoti durdonalari xorijiy tillarga tarjima qilinmagani uni ajablantirgan. Professor “Ötkan kunlar” romanining arab tiliga tarjima qilinişi, nafaqat Misr, balki butun arab dunyosida iliq kutib olinişiga işonç bildirdi.
Mutaxassisning işonç bilan qayd etişiça, arab tilining sinonimlarga nihoyatda boyligi, har bir harakat va holatni turli usullarda tasvirlaş xususiyati, xalqlarning madaniy-ma’naviy jihatdan yaqinligi romanning uşbu tarjimasi boşqa xorijiy tillardagi tarjimalaridan sezilarli darajada sifatli bölişiga va badiiy gözallikni saqlab qolişga imkon beradi.
Romandagi özbekona ruhni aks ettiriş, tarjima sifatini oşiriş maqsadida tarjima muallifiga mamlakatning Misrdagi elçixonasi madaniy masalalar böyiça attaşesi Otabek Alimov hozirgi paytda Qohirada istiqomat qilayotgan Husan Abdumajidov, taqdir taqozosi bilan bolalik çoğlaridan buyon Saudiya Arabistonida yaşab tahsil olgan vatandoş, yozuvçi va tarjimon Said Mahmud Kosoniy va boşqa hamyurtlar kömaklaşmoqda. Asardagi ba’zi arab imlosida (eski özbek yozuvi) bitilgan atamalarni asl holida saqlab qoliş uçun romanning ilk nusxasi Abdulla Qodiriyning nabiralari tomonidan taqdim etildi.
“Ötkan kunlar”ning arab tiliga tarjimasi romanning 100 yilligi arafasida 2024 yili tayyor bölişi va mintaqadagi eng yirik va nufuzli 55-Qohira xalqaro kitob yarmarkasida taqdim etilişi rejalaştirilmoqda.

















