Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd dollardan oshdi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi raqamlarda e’lon qilindi.
2022 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd AQSh dollaridan oshdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunda eksport – 14,1 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Eksport tarkibida mahsulotlar – 11,3 mlrd, xizmatlar – 2,8 mlrd dollarni tashkil qildi.
O‘z navbatida, import – 21,9 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bunda, import tarkibida mahsulotlar – 20,1 mlrd, xizmatlar – 1,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar:
- Xitoy – 6,8 mlrd;
- Rossiya – 6,5 mlrd;
- Qozog‘iston – 3,3 mlrd;
- Turkiya – 2,5 mlrd;
- Koreya – 1,8 mlrd.
Mavzuga oid
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar 2 oyda tibbiy xizmatlarga 3,5 trln so‘m sarfladi
09:15 / 02.04.2026