12:54 / 16.11.2022
4893

Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlar bilan uchrashmoqda

Bugun, 16 noyabr kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Ko‘ksaroy” qarorgohida Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi hamda YeI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va samarali sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

YeTTBning davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish borasidagi tajriba va bilimlaridan foydalanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va uy-joy kommunal xo‘jalik sohalarida yangi DXSh loyihalarini tayyorlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Ayni paytda yalpi majlis boshlandi va unda prezident nutq so‘zlamoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid
Top