Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainalik qochqinlar qishni Bolgariyadagi mehmonxonalarda o‘tkazadi
Bolgariya hukumati qochqinlarni chekka hududlardagi davlatga qarashli dam olish uylariga joylashtirish rejasidan voz kechdi. Buning o‘rniga rasmiylar qo‘shimcha mablag‘larni xususiy mehmonxonalarga o‘tkazadi.
Bolgariya hukumati Ukrainadan 11 mingga yaqin qochqinni davlatga qarashli dam olish uylariga o‘tkazish rejasidan voz kechdi. Ukrainaliklar qishni Qora dengiz sohilidagi xususiy mehmonxonalarda o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi, ular hozir o‘sha yerda joylashgan. Bu haqda 15 noyabr, seshanba kuni dpa agentligi xabar berdi.
Avvalroq ukrainalik ayollar Bolgariyaning do‘kon topish yoki tibbiy yordam olish qiyin bo‘lgan chekka hududlariga ko‘chirishga qarshi norozilik bildirgan edi. Endi ular Qora dengizdagi mehmonxonalarda yana to‘rt oy qolishlari mumkin bo‘ladi.
«Tekshiruvimiz davomida aniqlaganimiz, ya’ni 11 mingga yaqin kishi hozir o‘z farzandlari bilan bo‘lgan joylarda, xuddi shunday sharoitda qoladi. Qolganlari esa, shu paytdan boshlab mamlakatimiz hududiga kela boshlaganlar Elxovo bufer markazi orqali o‘tishlari kerak bo‘ladi, ular u yerda 30 kungacha qolib, keyin davlat bazalariga tarqatiladi», — deya ichki ishlar vaziri Ivan Demerjiyevning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Bolgariya Milliy radiosi (BNR) .
Dpa ma’lumotlariga ko‘ra, mehmonxona egalari davlatdan bir kishi uchun kuniga 15 leva (taxminan 7,66 yevro) oladi. Ammo mehmonlar uchun turar joy va ovqatlanish korxonalar uchun ancha qimmat.
«Ukraina uchun Bolgariya» platformasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga agressiyasi boshlanganidan beri 884 mingdan ortiq ukrainaliklar Bolgariyaga kirgan. U yerda 53 mingga yaqin odam uzoq vaqt qoldi. Umuman olganda, BMT Qochqinlar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7,8 milliondan ortiq odam Ukrainani tark etishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026