Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar Oliy sud raisi o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi
Senat kengashi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Senat raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda Senat o‘ttiz beshinchi yalpi majlisini shu yil 18 noyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
MDH PA 2022 yil 27-28 oktabr kunlari Samarqandda o‘tkazilgan kuzgi sessiyasi yakunlari, «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi, «Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Ayrim qonun hujjatlariga mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidan.
Navbatdagi yalpi majlisda «Ayrim qonun hujjatlariga mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Izmir shartnomasini (Izmir, 1996 yil 14 sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi hamda «O‘zbekiston hukumati bilan Turkiya hukumati o‘rtasida harbiy hadli bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunlarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
2022 yil to‘qqiz oyi yakuni bo‘yicha davlat budjeti ijrosi va 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hisobotlari ko‘rib chiqiladi.
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari senatorlar muhokamasida bo‘ladi.
Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish atrof-muhit, suv va yo‘l xo‘jaligi obektlariga salbiy ta’siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqiladi.
Yalpi majlis doirasida Oliy sud raisi o‘rinbosarini saylash, Senati kengashi qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
21:08 / 22.06.2026
Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva
20:11 / 18.06.2026
Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi
19:45 / 13.06.2026