Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva shahri va viloyatida ishlashni xohlovchilar uchun o‘zbek tilida veb-sayt ochildi
Veb-sayt ish izlayotganlar yoki ishchi izlayotganlarga ko‘mak berish uchun ishga tushirilgan.
Moskva shahrining Ko‘p funksiyali migratsiya markazi (KMM) Rossiya poytaxti va Moskva viloyatida ishlashni xohlovchilar va ish beruvchilar uchun maxsus veb-saytni ishga tushirdi. Veb-sayt rus, o‘zbek va tojik tillarida faoliyat yuritadi.
«KMM Rossiya va boshqa davlatlar o‘rtasidagi migratsiya munosabatlarini rivojlantirish doirasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Uning faoliyati xorijiy fuqarolarning yuqori sifatli, tezkor va huquqiy integratsiyasini rivojlantirishga, ularning Moskva va shu nomdagi mintaqa iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirishga yordam beradi», deyiladi Moskva iqtisodiy departamenti xabarida.
Migratsiya markazi O‘zbekiston va Tojikistonda ham o‘z vakolatxonasini ochgan, shuningdek, mobil ilovani ishga tushirgan bo‘lib, uning yordamida migrantlar o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda markazga borish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishi, mehnat patentini olish xizmati uchun haq to‘lashi, oylik to‘lovlar tarixini smartfonda saqlashi mumkin.
Mavzuga oid
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026