Özbekiston parlamenti yuqori palatasi raisi öz nutqida birgalikdagi sa’y-harakatlar bilangina oqibatlari Markaziy Osiyoda ham yaqqol kuzatilayotgan iqlim özgarişi muammosiga qarşi turiş mumkinligini ta’kidladi.

«Özbekiston asosiy maqsadi – amalga oşirilayotgan tarkibiy islohotlarga «yaşil» iqtisodiyot tamoyillarini joriy etiş orqali iqtisodiy taraqqiyotga erişiş. Bu yönalişda iqtisodiyot barça sektorlarida ugleroddan kamroq foydalanişga ötiş va resurslarni tejaş, samarali va ekologik toza texnologiyalarni joriy etiş ustuvor yönaliş hisoblanadi», dedi Tanzila Norboyeva.

Parij bitimi doirasida Özbekiston 2030 yilgaça parnik gazlar çiqarişni 35 foizga kamaytiriş majburiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Uşbu maqsadlarga erişiş uçun qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etiş böyiça keng kölamli dasturlar amalga oşiriş boşlandi.

2026 yilga borib «yaşil» energetika uluşini 8 ming MVtga yetkaziş rejalaştirilmoqda, bu karbonat angidrid gazi çiqarişni 5 mln tonnaga kamaytiriş imkonini beradi. 2030 yilga borib iqtisodiyot energiya samaradorligini ikki baravar oşiriş, qayta tiklanadigan energiya uluşini kamida 25 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.

Har yili 200 mln tup daraxt va buta ekişni nazarda tutuvçi «Yaşil makon» umummilliy loyihasi köp jihatdan respublikada iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatişga va ularga moslaşişga xizmat qiladi. Loyiha yiliga 200 million tup daraxt va butalarni ekişni nazarda tutadi. Beş yildan söng şaharlardagi kökalamzor maydonlar hozirgi 8 foizdan 30 foizga oşadi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva mamlakat xalqaro hamjamiyat bilan faol hamkorlik qilişga tayyor ekanini hamda Mintaqaviy iqlim kengaşini taşkil etişni taklif qilayotganini ta’kidladi. Bu iqlimga moslaşiş böyiça loyihalarni tarğib qilişda, çöllaniş va yerlar degradatsiyasiga qarşi kuraşişda, suvni tejovçi texnologiyalarni joriy etişda hamkorlik samaradorligini oşiriş imkonini beradi.

Keyingi yilda Özbekistonda çöllanişga qarşi kuraşiş va yovvoyi hayvonlar köçib yuruvçi turlarini saqlaş böyiça BMT ikkita yirik tadbirini ötkaziş rejalaştirilmoqda. Barça xalqaro hamkorlarni uşbu forumlar işida faol iştirok etiş taklifi bildirildi.