Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronlik futbolchilar madhiyani kuylashmadi. Bu ularning hukumatga norozilik aksiyasi bo‘ldi
Fanatlar futbolchilarni olqishladi.
Eron terma jamoasi futbolchilari Qatardagi jahon chempionatida Angliyaga qarshi o‘yindan oldin mamlakat madhiyasini kuylashdan bosh tortishdi.
Ular bu harakat orqali mamlakatda ikki oydan buyon davom etayotgan va hukumat tomonidan shafqatsizlarcha bostirilayotgan namoyishlarni qo‘llab-quvvatlashdi va hukumatga noroziliklarini ifoda etishdi.
Jamoa sardori Alirizo Jahonbaxsh bir kun oldingi matbuot anjumanida madhiyani kuylash yoki kuylamaslik bo‘yicha qarorni jamoaning barcha futbolchilari birgalikda qabul qilishini aytgandi.
Stadionda yig‘ilgan muxlislar futbolchilarning bu aksiyasini olqishlar bilan qarshilashdi.

- Eronda namoyishlar sentabr oyi oxiridan buyon davom etmoqda. Namoyishlar 22 yoshli Mahsa Aminiyning politsiya tomonidan qo‘lga olingach, vafot etishi ortidan boshlangan. Ma’naviyat politsiyasi uni hijobni «noto‘g‘ri» kiygani uchun qo‘lga olgandi. Kuchishlatar tuzilmalar aksiyalarni shafqatsizlik bilan bostirmoqda; 19 noyabr holatiga, huquq himoyachilari ma’lumotiga ko‘ra, kamida 378 kishi kuchishlatar organlar harakatlari oqibatida halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:46 / 22.05.2026
Angliya JCh-2026 uchun «hayratlanarli» tarkibni e’lon qildi
16:29 / 01.05.2026
Infantino Eron AQShdagi mundialda qatnashishini ma’lum qildi
14:35 / 29.03.2026
Eronlik futbolchilar Minob qurbonlarini xotirladi
22:31 / 08.09.2025