6 iyulga ötar keçasi futbol böyiça jahon çempionatida nimçorakfinal doirasida yana ikki uçraşuv ötkaziladi: dastlab Vinisus Junior yetakçiligidagi Braziliya Erling Holand boşçiligidagi Norvegiya bilan kuç sinaşadi. Tongga yaqin turnir mezbonlaridan biri Meksika çorakfinal yöllanmasi uçun Angliyaga qarşi töp suradi.

Braziliya – Norvegiya
6 iyulga ötar keçasi, 01:00. New York/New Jersey Stadium, Nyu York

Aytiş mumkinki, Norvegiya Braziliya uçun noqulay raqib hisoblanadi. Lotin Amerika vakillari şu vaqtgaça uşbu jamoaga qarşi jami tört uçraşuv ötkazgan va biror marta ğalaba qozona olmagan. Jamoalarning yagona rasmiy öyini 1998 yilgi mundial guruh bosqiçida bölib ötgandi, öşanda Braziliya oldingi ikki turda ğalaba qozongandi va uçinçi turga aralaş tarkib tuşirilgandi, natijada skandinavlar Ture Andre Fluning dubli evaziga 2:1 hisobida ğalaba qozongan. Bundan taşqari, 1988 yil iyulida va 2006 yil avgustida ötkazilgan örtoqlik uçraşuvlarida bir xil hisoblar (1:1) qayd etilgan, 1997 yil mayidagi öyinda esa Yevropa vakillarining qöli ustun kelgan (4:2).

Lekin gap faqat tarixda ham emas. Braziliyada sönggi vaqtlarda barqaror jamoa şakllanmayapti va mahalliy futbolda inqiroz yuzaga kelgani haqida ham gaplar çiqib turadi.

Pentakampeonlar bu gaplarni isbotlagandek, turnirni Marokaş bilan öyinda oçko yöqotiş (1:1) bilan boşladi. Keyingi turlarda Karlo Ançelotti şogirdlari öziga kelişdi: Haiti (3:0) va Şotlandiya (3:0) yirik hisoblarda taslim etildi. 1/16 finalda esa Yaponiya ham jiddiy muammo tuğdirdi (2:1). Öyinning 29-daqiqasida Kaysu Sano hisobni oçdi, faqat ikkinçi bölimga kelib Kazemiro muvozanatni tikladi, öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa Gabriel Martinelli ğalaba golini urib, «Selesao»ni 1/8 finalga olib çiqdi.

Umuman, hozirça Braziliya öz imkoniyatlari darajasida öynayaptimi yoki Ançelottida hali qöşimça riçaglar bormi, buni tuşuniş qiyin. Jamoa muxlislari Vinisiusning individual mahoratidan umid qilişmoqda, u turnirni kuçli ötkazmoqda («gol plyus pas» böyiça 4+1). Şuningdek, Brunu Gimarayes ham yaxşi tassurot qoldirmoqda. Ammo qolganlardan Norvegiya bilan öyinda bor salohiyatini körsatiş talab etiladi, raqib esa şunçaki saviya hisobiga yengiş mumkin bölgan jamoa emas.

Skandinavlar öyinini töğri yölga qöyib olgan, jismonan kuçli va qarşi hujumlarda xavfli bölgan jamoa. Norvegiya guruhning dastlabki ikki öyinida Iroq (4:1) hamda Senegal ustidan işonçli hisoblarda ğalaba qozondi (3:2) va muddatidan oldin pley-off yöllanmasini rasmiylaştirdi. Şundan keyin jamoa boş murabbiyi Stole Solbakken Fransiyaga qarşi öyin uçun ikkinçi tarkibni taşladi va jamoa yirik hisobda mağlubiyatga uçradi (1:4). Lekin öşa öyinda dam olgan asosiy tarkib futbolçilari pley-offda Kot-d'Ivuar ustidan ğalabaga erişdi (2:1). Holand ikkinçi bölim oxirlarida ğalaba golini urdi va jamoani qöşimça yarim soat ter tökişdan qutqardi.

Vikinglar uşbu turnirdagi sirli toyçoq rolini öynamoqda. 1998 yildan buyon jahon çempionatlarida qatnaşmagan jamoa biratöla 1/8 finalga çiqqan. Ularning har öyindan keyin öz muxlislari bilan ötkazayotgan eşkak eşiş marosimi esa bu turnirning öziga xos ramziga aylandi.

Foto: FIFA rasmiy sayti

Oldindagi öyin taqdiri kim jismonan tayyor holatdaligi va kuçni qançalik töğri taqsimlay olişiga boğliq. Çunki hozirda ğarbiy yarimşarda juda issiq harorat kuzatilmoqda va futbolçilarga 90 daqiqada intensiv futbol namoyiş etiş oson bölmaydi.

Uşbu juftlik ğolibini keyingi bosqiçda Meksika va Angliya juftligida ğolib bölgan jamoaga qarşi öyin kutadi.

Meksika – Angliya
6 iyul, 05:00. Estadio Azteca, Mexiko

Angliya va Meksika ham şu vaqtgaça rasmiy öyinlarda faqat bir marta töqnaşişgan. 1966 yil öz maydonida ötgan mundialda inglizlar «Uembli»da 2:0 hisobida ğalaba qozonib, çempionlik uçun yurişini davom ettirgan.

Ammo endi inglizlar Londondagi öz uy stadionida emas, balki ön minglab meksikaliklar bilan tölib-toşadigan «Atsteka» öyingohida ötkazişiga töğri keladi.

Uşbu öyingoh dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylaşgani inglizlar uçun asosiy muammoga aylanişi mumkin. Bu organizm uçun jiddiy stress böladi. Bu yerda uyqu yomonlaşadi, plazma hajmi kamayadi, nafas oliş qiyinlaşadi.

Angliya milliy jamoasi öyindan 48 soat oldin Mexikoga yetib borgan. Tadqiqotlar körsatişiça, bunday balandlikda ikki kun ötib odamda akklimatizatsiyaning eng oğir lahzalari biri boşlanadi. Organizmning iş unumdorligi keskin pasayadi. Bu davr aynan öyin vaqtiga töğri keladi. Turnir boşidan buyon şu yerda bölgan meksikaliklar esa allaqaçon moslaşib bölişgan.

Bundan taşqari, uşbu turnirdagi öyinlar Tomas Tuxel jamoasi tiğiz himoyalanuvçi jamoaga qarşi muammoga duç kelişini körsatmoqda. Guruhda Gana bilan, pley-offda Kongo DR bilan öyinlarda şu holat kuzatildi. Meksikada ham raqibning uşbu kamçiligidan foydalaniş imkoniyati böladi.

Boşqa tomondan, meksikaliklar bu mundialda umuman himoyada öynamayapti. Jamoa ilk bor ikkinçi raqam ostida töp surişiga töğri kelişi mumkin. Meksika himoya çiziğini yuqoriga joylaştiradi va raqibni ança oldinda pressing qiladi, ammo bu uslub nisbatan kuçsiz jamoalarga qarşi iş beradi. Futbol muxlislari Haviyer Agirre jamoasi vaziyatga qançalik moslaşuvçan ekanini bir neça soatdan keyin bilib olişadi. Agar jamoa buning uddasidan çiqsa, turnirda navbatdagi sensatsiya röy berişi mumkin.