Favoritlar uçun asabiy kun: kongoliklar darvozaboni inglizlarni qiynadi; hisob 0:2 ekanida Belgiya futbolçilari özaro urişib ketdi, lekin yakunda Senegal turnirdan çiqarib yuborildi. AQŞ ozçilik bölib öynaganiga qaramay, ğalaba qozondi. Meksikada fojia, Germaniyada aybdorlar izlanmoqda, turnirni tark etgan yana bir jamoada boş murabbiy iste’foga çiqdi, Turkiyada esa futolçilarga villalar sovğa qilindi.

Jahon çempionatida pley-off bosqiçi davom etmoqda. 1 iyul kuni keçqurun va 2 iyulga ötar keçasi 1/16 final doirasida yana uçta uçraşuv bölib ötdi. Va bu öyinlarda favoritlarga oson bölmadi – Belgiya Senegal bilan öyinning sönggi daqiqalarida hisobni tenglaştirdi va overtaymda ğalabani ilib ketdi (3:2), Angliya esa Kongo DR bilan öyinda ança vaqt hisobda ortda bordi (2:1). AQŞ ham Bosniya va Hersegovinaga qarşi öyinda xotirjam öynay olmadi – ikkinçi bölimda bir kişi kam bölib öynadi va faqat öyin oxirida urilgan gol evaziga hisobni işonçli körinişga keltirdi (2:0).

Maydon taşqarisida ham voqealar köp bölmoqda: Meksikaga yutqazib, turnirni tark etgan Ekvador boş murabbiyi Sebastyan Bekkasese iste’foga çiqdi, Germaniyada muvaffaqiyatsizlik uçun aybdorlar izlanmoqda, Turkiya futbolçilariga muvaffaqiyatsizlikka qaramay, villalar sovğa qilinmoqda, Meksikada esa ğalabani nişonlaş çoğida tört nafar muxlis halok böldi.

Angliyada irodali ğalaba

Angliya – Kongo DR 2:1
Gollar: Sipenga, 7 (0:1). Keyn, 75 (1:1). Keyn, 86 (2:1)
Angliya: Pikford, Konsa, Geyi, ÖRayli, Spens (Eze, 70), Rays (Stouns, 90+1), Anderson, Bellinghem, Reşford (Saka, 60), Madueke (Gordon, 60), Keyn
Kongo DR: Mpasi-Nzau, Tuanzebe, Mbemba, Masuaku (J. Kayyembe, 89), Van-Bissaka, Mutussami (Mayyele, 89), Sadiki, Mukau (E. Kayyembe, 76), Sipenga (Bongonda, 76), Mbuku (Elia, 64), Vissa
Ogohlantirişlar: Bellinghem, 19 – Sadiki, 28

Kongoliklar sensatsiyaga yaqin edi. Afrika jamoasi yettinçi daqiqadayoq Brayan Sipengining sa’y-harakatlari bilan hisobni oçişdi va şundan keyin inglizlarning hujumlarini muvaffaqiyat bilan qaytarişdi.

Tomas Tuxel şogirdlari uzoq vaqt «Leopardlar»ga qarşi çora topa olişmadi – öyinning dastlabki 20 daqiqaligida töpga egalik qiliş böyiça ustunlik Afrika vakillarida böldi, golli vaziyatlar esa faqat suv içiş uçun qilingan tanaffusdan keyingina yuzaga keldi. Ammo bu vaziyatlarda Kongo DR darvozaboni Lionel Mpasi-Nzau qahramonlik körsatdi va bir neça superseyvlar amalga oşirdi. U ojiz qolganida esa himoyaçi töpni darvoza çiziğidan olib çiqdi.

Afrikaliklar ham vaqti-vaqti bilan hujumlarga çiqişdi va tanaffus arafasida hisobdagi ustunlikni oşirişi mumkin edi, ammo Vissa qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

Ikkinçi bölim davomida kongoliklar çarçab qolişdi va raqib saviyadagi farqni namoyiş etdi. Inglizlar sardori Harri Keyn dublni rasmiylaştirib, öyin taqdirini hal qildi. Zaxiradan öyinga qöşilgan Entoni Gordon öz hisobiga ikkita golli uzatma yozdirib qöydi.

Angliya 1990 yilgi jahon çempionatidan buyon ilk bor irodali ğalabaga erişdi. Köp yillik muvaffaqiyatsizlikka barham bergan «Uç şerlar» keyingi bosqiçda turnir mezbonlaridan biri bölgan Meksikaga qarşi öynaydi.

Belgiya 0:2 hisobini 3:2 ga aylantirdi

Belgiya – Senegal 3:2
Gollar: Diarra, 24 (0:1). I. Sarr, 51 (0:2). Lukaku, 86 (1:2). Tilemans, 89 (2:2). Tilemans, 120+5 – penalti (3:2)
Belgiya: Kurtua, Teat, Mehele, De Kyuyper (Mene, 78), Kastan, Tilemans, Vanaken (Moreyra, 63), De Bryuyne (Raskin, 56), Doku (Lukebakio, 56), Trossar (Onana, 109), De Ketelare (Lukaku, 46)
Senegal: Diav, Siss, Niakate, Yakobs (Diuf, 93), Diatta, Gana Guyye (Sapoko Ndiay, 95), Guyye (Kamara, 66), Diarra (P. Sarr, 73), Mane (Jyekson, 93), Ndiay (Mbay, 73), I. Sarr
Ogohlantirişlar: Mehele, 64 – Kamara, 67

Belgiya milliy jamoasi ham 1/8 finalga çiqişda katta qiyinçilikka uçradi. Kuçli guruhdan uçinçi örin bilan pley-offga çiqqan Senegal Fransiya va Norvegiyaga qarşi ham munosib qarşilik körsatib, muxlislarning sevimli jamoasiga aylangandi – pley-offda ham Pap Tiav şogirdlari özini yöqotib qöymadi: afrikaliklar favoritga katta muammo tuğdirişdi va sensatsiyaga juda yaqin keldi.

Birinçi bölim senegalliklar ustunligida yakunlandi. Öyin boşida Rudi Garsiya şogirdlari juda tarqoq körindi va faqat Habib Diarra hisobni oçganidan keyin öziga kela boşladi. Ammo belgiyaliklarda çinakamiga xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi.

Ikkinçi bölimda esa afrikaliklar yana bir gol urişdi – Ismaila Sarr turnirdagi törtinçi golini nişonladi. Jamoalar ikkinçi bölimdagi tanaffusga yöl olayotganida belgiyaliklar safida ixtilof yuzaga keldi: Leandro Trossar töpni öziga oşirmagani uçun Yuri Tilemansga keskin ohangda e’tiroz bildirdi, ularni jamoadoşlari ajratib qoldi.

Bu manzara Belgiyaning turnirni tark etişi ramziga aylanişi kutilgandi, ammo bunday bölmadi.

«Teranga şerlari» tarixiy ğalabadan bir neça daqiqalik masofada turişgandi. Ammo 86-daqiqada Romelu Lukaku qanotdan jarima maydoniga uzatilgan töpga bir teginiş bilan hisobni qisqartirdi. Bu gol yevropaliklarni ruhlantirib yubordi va qolgan daqiqalarda raqib jarima maydoni qamal qilindi. 89-daqiqada esa hisobni tenglaştiruvçi gol ham urildi: Trossar darvozabon hududiga havolatib töp uzatdi, darvozabon Mori Diav çiqişda xatoga yöl qöydi, Yuri Tilemans esa boş bilan töpni darvoza töriga töğrilab yubordi.

Şundan keyin jamoalar ğolibni overtaymda aniqlaydigan böldi. Iş penaltilar seriyasiga qarab borayotgandi, ammo 117-daqiqada senegalliklar yarimhimoyaçisi Lamin Kamara jarima maydoni içida ehtiyotsizlikka yöl qöydi.

U qanotdan yerlatib uzatilgan töpni qaytarişga urinib, ortdan yetib kelgan Tilemansning oyoğiga zarba berib yubordi. Avvaliga boş hakam Martines öyinni davom ettirişga işora qilgandi, ammo VAR vaziyatga aralaşdi va 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.

Tilemans esa sovuqqonlik bilan zarba berib, töpni «töqqizlik»ka mixladi.

Senegalliklar ikki töp ustunligini saqlaşga harakat qilgani uçun jazolanişdi, iroda körsatgan Belgiya esa nimçorak finalda öynaydi.

Amerikaliklar tarix yaratdi

AQŞ – Bosniya va Hersegovina 2:0
Gollar: Balogun, 45 (1:0). Tillman, 82 (2:0)
AQŞ: Friz, Riçards, Rim, Robinson, Frimen, Adams, Tillman, Makkenni (Reyna, 90+5), Pulişiç (Pepi, 88), Dest (Berhalter, 87), Balogun
Bosniya va Hersegovina: Vasil, Muxaremoviç, Katiç (Memiç, 75), Radeliç, Kolaşinats (Tabakoviç, 75), Dediç, Şuniç (Taxiroviç, 51), Alaybegoviç, Gigoviç (Maxmiç, 51), Demiroviç, Jyeko (Bayraktareviç, 51)
Ogohlantiriş: Radeliç, 80
Çetlatiş: Balogun, 64

AQŞ milliy jamoasi uçun Bosniya va Hersegovinaga qarşi pley-off öyini jiddiy va hayajonli sinov edi – çunki amerikaliklar azaldan yevropaliklar bilan juda yomon öynagan. Statistika çindan ham xavotirli edi: sönggi 18 öyinda qatorasiga töqqiz mağlubiyat va bittagina ğalaba. Amerikaliklar jahon çempionatlarida Yevropa vakillarini tarixda atigi ikki bor mağlub etişgan – 2002 va... 1950 yillarda. Şunday ekan, turnir mezbonlarida öyindan oldin asabiylaşiş uçun sabab yetarliça edi.

Kutilganidek, öyin qiyin boşlandi – bosniyaliklar kuçli bosim uyuştirdi va hisobni oçişga ikki bor yaqin kelişdi. Maurisio Poçettino şogirdlari bu hujumlarni qaytardi va tanaffus arafasida hisobda oldinga çiqib olişdi – jamoa töpurari Folarin Balogun özini körsatdi. 24 yoşli forvard raqib jarima maydonida rikoşetlardan foydalanib, töpga ega çiqdi va kuçli zarba yölladi.

Ammo Balogun bu oqşom antiqahramonga aylanişi ham mumkin edi – ikkinçi bölim örtalarida uning asablari doş bermadi va qizil kartoçka olib maydonni tark etdi. Uşbu hujumçi özi istamagan holda raqib töpiğiga zarba berib yubordi va videotakrordan keyin maydondan çetlatildi.

Şundan keyin AQŞda jiddiy muammolar boşlanişi kutilgandi, ammo Bosniya sondagi ustunlikdan foydalana olmadi. Mezbonlar hisobdan kelib çiqib öynaşdi va öyin yakunlanişi arafasida Malik Tillman jarima zarbasini a’lo darajada ijro etib, öyinga sönggi nuqtani qöydi.

Jyessi Marş şogirdlari 1/8 finalga çiqdi va Mustaqillik kuni arafasida mamlakatga ajoyib sovğa taqdim etdi. Keyingi bosqiçda mezbonlarni Belgiyaga qarşi öyin kutmoqda.

Mexikoda tört muxlis halok böldi

Meksikada futbol bayrami fojiaga aylandi. Milliy jamoaning pley-offning ilk öyinida Ekvador ustidan ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga çiqqanini nişonlaş vaqtida tört nafar muxlis – ikki ayol va ikki erkak vafot etgan.

Mexiko soğliqni saqlaş boşqarmasi ma’lumotiga köra, ulardan uç nafari tiqilinçda böğilib qolgan, yana birining yuragi xuruj qilgan.

Şu kuni şahar köçalariga bayram qiliş uçun milliondan ortiq kişi çiqqandi. Şahar markazidagi Mustaqillik fariştasi monumenti atrofida esa tiqilinç yuzaga kelgan.

Tiqilinç oqibatida yana önlab kişilar jabrlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda boşqalar bayram qilayotgani fonida tibbiyot xodimlari ahvoli oğirlaşib qolgan odamlar hayotini saqlab qoliş uçun kuraşayotganini köriş mumkin.

Ekvador ustidan ğalaba bu qadar keng nişonlanganining sababi bu Meksika milliy jamoasi 1986 yildan buyon jahon çempionati pley-off bosqiçlarida ilk bor ğalaba qozonişi bölgandi. Endi jamoani keyingi bosqiçda Angliyaga qarşi öyin kutmoqda.

Ekvador murabbiyi baribir iste’foga çiqdi

Jahon çempionati iştirokçilari orasida yana bir iste’fo röy berdi. Ekvador milliy jamoasi boş murabbiyi Sebastyan Bekkasese pley-offning ilk öyinida Meksikadan uçralgan mağlubiyatdan keyin milliy jamoa boşqaruvini tark etişini e’lon qildi.

45 yoşli argentinalik bilan şartnoma JÇ-2026 yakuniga qadar imzolangan bölgan. Jamoa pley-offga çiqqaniga qaramay, tomonlar kelişuvni uzaytirmagan.

«Futbol şunaqa: natija muhim. Endi men gözal va ajoyib oilam bilan xayrlaşişim kerak, lekin katta minnatdorçilik, xotirjamlik va içki uyğunlik bilan, bor kuçimizni sarflaganimizni bilgan holda. Biz va’da qilingan natijaga erişa olmadik, tariximizdagi eng yaxşi jahon çempionatini ötkaza olmadik. Ammo özimdan keyin juda ahil va oila bölgan jamoa qoldiraman. Bölib ötgan voqea... Çindan ham ajoyib», – degan uşbu mutaxassis öyindan keyingi matbuot anjumanida.

Ekvador milliy jamoasi E guruhida Kot-d'Ivuarga yutqazgan (0:1), Kyurasao bilan durang öynagan (0:0), uçinçi turda Germaniya ustidan irodali ğalabaga (2:1) erişib, 4 oçko bilan uçinçi örinni egallagan va pley-off bosqiçiga çiqqandi.

Germaniyaning muvaffaqiyatsizligi uçun kim aybdor?

Butun Germaniya pley-offda Paragvaydan uçralgan mağlubiyatdan keyin aybdorlarni qidirmoqda. Bunda asosiy nomzod – boş murabbiy Yulian Nagelsman, uni birinçi navbatda jamoada kerakli muhit yarata olmaslikda ayblaşmoqda. Yaqqol fakt: hal qiluvçi penaltini ura olmagan Jonatan Ta uçun bu faoliyatidagi ilk 11 metrlik zarba edi – u boşqa futbolçilar bunday mas’uliyatni öz zimmasiga olişni xohlamagani uçun nuqtaga yaqinlaşgan. Ijtimoiy tarmoqlarda jamoa sardori Jozua Kimmih Goretska, Tiau, Braun, Anton kabi futbolçilardan zarba berişni sörab, köndira olmagani aks etgan video tarqalgan.

Mamlakat kansleri Fridrix Mers ham tanqidga uçradi. Jamoa mağlubiyatidan keyin u ijtimoiy tarmoqda «öz jonbozligi bilan mamlakatni ilhomlantirgani» uçun jamoaga minnatdorçilik bildirib post yozgan. Lekin muxlislar uning sözlarini qabul qila olişmadi va endi Mersning özi kulgi nişoniga aylandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari u «boşqa jamoa bilan adaştirib yuborgani» va «doimgidek reallikdan yiroqdaligi»ni aytib, hazil qilişmoqda. Mers esa öz sözlaridan qaytmadi va keyingi postida şunday dedi: «Ğalabani birgalikda nişonlaymiz. Mağlubiyatda bir-birimizga yordam beramiz. Bu bizni yanada kuçliroq qiladi».

Bu vaqtda esa Yulian Nagelsmann örniga Yurgen Klopp Germaniya milliy jamoasini boşqarişi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoga köra, «Liverpul»ning sobiq ustozi milliy jamoani qabul qilib olişga qarşi emas.

Uşbu mutaxassis 2024 yilda ingliz klubi boşqaruvini tark etganidan keyin faoliyatida tanaffus olgandi, keyinroq Red Bull kompaniyasining futbol sohasiga direktor sifatida işga ötgan. Agar Germaniya futbol ittifoqi (DFB) taklif bilan çiqadigan bölsa, u murabbiylikka qaytişi mumkin.

Navbatdagi öyinlar

2026 yilgi jahon çempionatining pley-off öyinlari davom etadi — 2 iyul kuni keçqurun va 3 iyulga ötar keçasi muxlislarni yana qiziqarli öyinlar kutmoqda:

00.00. Ispaniya – Avstriya
04.00. Portugaliya – Xorvatiya
08.00. Şveytsariya – Jazoir