Özbekiston investititsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev 24 sentabr kuni “importni optimallaştiriş, tarmoqlararo va hududlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş” böyiça yiğiliş ötkazgan.

Yiğilişda mahalliylaştiriş dasturini amalga oşiriş, Özbekistonda analoglari işlab çiqarilayotgan mahsulotlar importini kamaytiriş masalalari ham muhokama qilingan.

Kun.uz Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligidan importi kamaytirilişi reja qilinayotgan mahsulotlar röyxatini söradi.

Vazirlik matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga köra, bu mahsulotlar qatorida suv va içimliklar, lok-böyoq mahsulotlari, yengil avtomobillar uçun ehtiyot qismlar, yiğma quriliş konstruksiyalari, markaziy isitiş qozonlari, konditsionerlar, muzlatkiçlar, ötkazgiçlar, elektr isitkiçlar va qoliplar işlab çiqariş uçun tayyor boğlovçilar kabilar bor.

Vazirlikning tuşuntirişiça, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida import qilingan tovarlar ötgan yilga nisbatan 20 foizga köp. Yuqorida nomlari keltirilgan tovarlarning analoglari Özbekistonda işlab çiqariladi.

Asoslantiriş uçun taqdim etilgan ma’lumotlarni Kun.uz jadvalga soldi.

Bundan taşqari, vazirlik ma’lumotlarida markaziy isitiş qozonlari, yiğma quriliş konstruksiyalari, konditsionerlar, muzlatkiçlar, ötkazgiçlar, elektr isitkiçlar va boşqalarni olib kiriş va boşqalar bilan ham xuddi şunday holat kuzatilgani qöşimça qilingan.

Boşqa tovarlardan farqli ölaroq, bu turdagi tovarlar böyiça import ma’lumotlari va bozordagi işlab çiqaruvçilar haqida ham ma’lumot berilmagan.

Vazirlik axborot xizmati import qaysi yöl bilan kamaytiriladi –  kvotalar kiritiladimi yo mahalliylaştiriş darajasini oşiriş orqalimi degan savolimizga javob bermadi.

“Yaqinda bu borada tadbir böladi. Rahbariyatning aytişiça, hali qaror loyihalari tayyor emas ekan. Hozirça bu savollarga javob bera olmaymiz”,