Foto: Sindicato Dos Bancarios

Iqtisodçilarning fikriça, bu – proteksionizm tomon taşlangan navbatdagi qadamdir va undan eng köp kambağal qatlam zarar köradi. Yangi tartibda tanlab olinganlargina qöllab-quvvatlanişi, natijada import yanada monopollaşişi mumkin.

Savdoni erkinlaştirmoqçimizmi yoki teskarisi?

Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning tuşuntirişiça, savdoni çeklaş usullarini şartli ravişda uçga böliş mumkin: boj bölgan, boj bölmagan va yaşirin usullar. Ba'zi hollarda ular bir vaqtda qöllanadi.

Köpçilikka ma'lum bojli çeklovlar – mamlakatga olib kirilayotgan tovarlar uçun boj stavkalarini belgilaşni nazarda tutadi. Boj bölmagan usullarga esa miqdoriy çeklaş (kvota)ni misol qilib keltiriş mumkin.

Foto: Mirkomil Xolboyev / Facebook 

“Miqdoriy çeklaşning bojlardan asosiy farqi şundaki, mamlakatga olib kirilayotgan tovarlar uçun yillik (oylik yoki kvartallik) miqdoriy çeklovlar örnatiladi. Masalan, mamlakatga joriy yilda 100 tonna şakar olib kiriş mumkin kabi. Import miqdori belgilangan darajaga yetgandan keyin bu mahsulot importi butunlay töxtatiladi. Masalan, şakar importi 100 tonnaga yetsa, mamlakatga boşqa şakar import qiliş imkonsiz bölib qoladi.

Ammo hozirgi kunda kvotalarning yolğiz özi kamdan kam hollarda qöllaniladi. Ya'ni ular aksariyat hollarda bojlar bilan birga keladi. Masalan (tasavvuriy misol), şakar importining 100 tonnasi uçun 10 foizli import boji amal qiladi. 100 tonnadan oşgan har bir kg şakar importi esa aytaylik 100 foizlik bojga tortiladi.

Xuddi şunga öxşaş misollarni juda köplab keltiriş mumkin. Masalan, Janubiy Koreya yoki Yaponiya içki guruç işlab çiqaruvçilarini saqlab qoliş maqsadida kvotali bojlardan foydalanadi. Ularda guruç importining taxminan (Koreyada) 400 ming tonnasi (umumiy iste'molning taxminan 25 foiz) 5 foizli bojlar bilan import qilinadi, hamda bu miqdor bir neçta hamkor davlatlarga bölib berilgan. Import hajmi 400 ming tonnaga yetgandan keyin har bir kg import qilingan guruç 500 foizdan yuqoriroq darajada bojlarga tortiladi (qaysiki, import qiliş deyarli ilojsiz bölib qoladi)”, – deya yozadi iqtisodçi.