Oxirgi yillarda davlat taşkilotlari axborot siyosatida oçiqlik sari qadam qöyib, jamoatçilik bilan muloqotga kirişa boşlagani – haqiqat. Şunga yaraşa ulardagi axborot xizmatlariga ham ança-munça şaroitlar qilib berildi, maqomi rahbar örinbosariga tenglaştirildi.
Hozirgi axborot asrida jamoatçilikda rasmiylarga nisbatan har kuni savollar paydo böladi. Kasb majburiyati OAV vakillari va jamoatçilik savollariga javob beriş bölgan axborot xizmatlari oldida odatda ikki xil tanlov böladi.
Birinçisi, muloqotga kirişib, kötarilgan (söralgan) masala yuzasidan asosli tuşuntiriş, yeçim yoki izoh beriladi. Ikkinçisi esa şunçaki “ignor” qiliş, özini göyoki heç narsadan xabari yöqday tutiş. Bunday holat bora-bora jamoatçilik bilan aloqalarda inqirozga olib keladi. Rasmiy va aniq ma’lumot yöq joyda turli şubha-gumonlar paydo böladi. Munosabat berilmasdan, sirligiça qoldirilmoqçi bölgan voqea unga bölgan qiziqişni yanada oşiraveradi.
Ana şunday davlat taşkiloti axborot xizmatlaridan biri Boş prokuraturaga tegişlidir.
Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov sönggi vaqtlarda Kun.uz'ning turli jinoyatlarga doir sörovlariga tanlab-tanlab javob beryapti. Ayniqsa, hokimiyat vakillari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar yoki sud xodimlari ustidan oçilgan köplab jinoyat işlarining taqdiri noma’lum bölib qolmoqda. Bu boradagi sörovlar esa javobsiz qoldirilyapti.

Oxirgi oylarda misollarga ötsak. Garçi Hayot Şamsuddinovdan söralgan bölsa-da:
- 2022 yil oktyabrda oyida Toşkentda 3 nafar sobiq sudyalar jinoyat işi doirasida qamoqqa olingani;
- 2022 yil avgust oyida Toşkent şahar Çilonzor tumanida yölni kengaytiriş işlari sabab köp yillik daraxtlariga ziyon yetkazilgani yuzasidan oçilgan jinoyat işi natijasi haqida (qonun talabi böyiça dastlabki tergov muddati 3 oy va bu muddat amalda ötib bölgan);
- 2021 yil dekabr oyida sobiq Olmazor tumani prokurori, Boş prokuraturaning sobiq boşqarma boşliği, sobiq maxsus prokuror A.T. köp miqdordagi pora olişda gumonlanib qölga olinganiga doir xabarlarga;

















