Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni parlament va xalqqa qilgan murojaatida söz erkinligi siyosatidan ortga qaytilmasligini aytdi.
“Yana bir marta oçiq aytmoqçiman. Hamma öng quloği bilan ham, çap quloği bilan ham eşitib olsin. Yurtimizda keng kölamli yangilanişlar davrida, Yangi Özbekiston davrida oçiqlik siyosatidan heç qaçon ortga qaytmaymiz. Bu – birinçi masala. Söz va matbuot erkinligini ta’minlaş bizda ustuvor vazifa bölib qolgan va qoladi ham. Şuni hamma bilişi kerak”, – dedi davlat rahbari.
Şavkat Mirziyoyev fuqarolik jamiyatini rivojlantirişning 5 yillik strategiyasi işlab çiqilişini ma’lum qildi.
“Islohotlar samaradorligini ta’minlaşda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim. Şu bois ularni qöllab-quvvatlaş böyiça siyosat kelgusida ham izçil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça beş yillik strategiya işlab çiqiladi. Uşbu institutlarga ijtimoiy buyurtma beriş tizimi raqamlaştirilib, moliyalaştiriş hajmi 2 karra oşiriladi.
Bundan taşqari, xayriya taşkilotlarini tuziş tartibi soddalaştiriladi, hisobdorlik va şaffoflik mexanizmlari takomillaştiriladi”, – dedi prezident.












