Bugun, 21 noyabr kuni davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev Fransiya prezidentining taklifiga asosan uşbu mamlakatga taşrif buyurmoqda. Bu — Şavkat Mirziyoyevning sönggi tört yil içidagi ikkinçi taşrifi böladi. Qayd etiş joizki, Özbekiston yetakçisi boşqa heç bir Yevropa davlatiga bunçalik qisqa vaqt içida ikki bor taşrif buyurmagan. Bu esa Özbekiston va Fransiya örtasidagi ikki tomonlama aloqalar tobora kengayib, mustahkamlanib borayotganini körsatadi.

Fransiya – dunyoning iqtisodiy rivojlangan yetakçi mamlakatlaridan biridir (“Katta yettilik” (G7) va “Katta yigirmatalik” (G20) guruhlariga kiradi), BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zosi, Yevropa Ittifoqining hammuassisi.

Iqtisodiyoti böyiça Yevropada 3-örinda, jahonda 7-örinda bölgan Fransiya Yevropa Ittifoqida yetakçi qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçisi hisoblanadi.

Fransiya iqtisodiyotining boşqa yirik tarmoqlari – maşinasozlik (jahon işlab çiqarişining 2,7 foizi), kimyo (jahon eksportida 4-örin), aviakosmik, avtomobilsozlik, oziq-ovqat (eksport hajmi böyiça AQŞdan keyin 2-örinda), radioelektronika, elektrotexnika, şuningdek, informatika va kemasozlik. Atom energetikasini rivojlantiriş sohasida eng ilğor mamlakatlardan biri (energiyaning 75 foizdan ortiği AESdan olinadi).

Taşrif doirasida köplab sohalarga oid kelişuv va muzokaralardan taşqari madaniy tadbirlar ham ötkazilişi közda tutilgan. Parijdagi maşhur Luvr muzeyi hamda Arab dunyosi institutida yurtimiz tarixi hamda madaniyatiga bağişlangan ikkita yirik körgazma oçiladi.

Ta’kidlaş joiz, dunyoda yuzaga kelayotgan siyosiy va iqtisodiy voqelikda Fransiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham ikki tomonlama, ham Yevropa Ittifoqi orqali köp tomonlama formatda hamkorlikni faollaştirişga intilmoqda.

Örta muddatli istiqbolda Parij Markaziy Osiyoning ösib borayotgan geosiyosiy ahamiyatini hisobga olgan holda mintaqa bilan aloqalarni bosqiçma-bosqiç mustahkamlaş yönalişida işlarni davom ettiriş niyatida.

Investitsiyalar salmoği oşmoqda

Ötgan 5 yil davomida Özbekiston-Fransiya munosabatlarida barça sohalarda faol, oçiq va işonçli muloqot kuzatilmoqda.

2018 yil oktabr oyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Özbekiston Rahbari Fransiyaga rasmiy taşrif bilan bordi – Özbekiston Rahbari taşrif buyurgan Yevropadagi birinçi davlat. Natijada 3,4 mlrd yevrolik 11 ta bitim hamda investitsiyaviy va savdo şartnomalari paketi imzolandi.