O‘zbekiston | 08:16 / 21.11.2022
7730
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa investitsiya banki Markaziy Osiyoda 1 mlrd yevroga yaqin loyihalarni tasdiqladi

Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Tereza Chervinskaya  «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» o‘zaro bog‘liqlik: «Global darvoza» mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Tereza Chervinskaya / Foto: Xabar.uz

– Bugungi anjumanda Yevropa Ittifoqi davlat banki hisoblangan Yevropa investitsiya banki ishtiroki katta ahamiyatga ega, – dedi Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Tereza Chervinskaya. – YeI banki Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyodagi hamkorlarimiz bilan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik maqsadlariga erishish ustida ishlamoqda.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi banki Markaziy Osiyo mintaqasida 2011 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirgi paytda Markaziy Osiyoda Yevropa investitsiya banki Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida Yevropa investitsiya banki 1 milliard yevroga yaqin tasdiqlangan loyihalar va allaqachon imzolangan 863 million yevrolik kreditlar bilan diversifikatsiyalangan va tez o‘sib borayotgan portfelni ishlab chiqdi.

«Bizning mablag‘imiz suv, energetika va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ustuvor loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bizning operatsiyalarimiz iqlim o‘zgarishi va raqamli loyihalarga e’tibor qaratgan holda kichik biznes moliyalashtirilishi imkoniyatlarini yaxshilaydi, COVID-19 pandemiyasi ta’sirini yengishga yordam beradi», dedi Tereza Chervinskaya.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid