Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi
Qo‘shma Shtatlar Eron o‘z yadro qurolini ishlab chiqarmasligi uchun barcha choralarni ko‘radi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Eronning yadro quroliga ega bo‘lishi oldini olish uchun unga qarshi sanksiyalarning barcha variantlarini ko‘rib chiqadi.
Avvalroq, Tehron Fordo yadro inshootida uranni 60 foizgacha boyitishni boshlagani haqida xabar berilgan edi. Bu harakatlar yadro qurolini ishlab chiqarishga urinish sifatida baholanishi mumkin.
Qo‘shma Shtatlar Eronning bu qarorini «yadroviy shantaj» deb atadi.
Tehron, shuningdek, boyitish darajasi 20 foiz va undan yuqori bo‘lgan uran ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi «Sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha strategik chora» qonunini ham ratifikatsiya qildi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026