Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shovot tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi
Xorazm viloyati, Shovot tumani hokimi Artiqov Odilbek Sa’dullayevich intizomiy jazoga tortildi.
Viloyat hokimi Farhod Ermanov farmoyishiga ko‘ra, unga Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan.
Jazo sababi sifatida «Ish faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmasdan, xizmat intizomini buzgani» ko‘rsatilgan.
Farmoyishga Xorazm viloyati prokuraturasining 2022 yil 16 noyabrdagi intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qarori va Odilbek Artiqovning tushuntirish xati asos qilib olingan.
Artiqov Odilbek Sa’dullayevich 2022 yil mart oyidan buyon Shovot tumani hokimi sifatida ishlab kelmoqda.
Mavzuga oid
16:48 / 15.05.2026
“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda haydadi” – Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi YTHga uchradi
15:58 / 04.01.2026
Xorazmda Cobalt poyezd bilan to‘qnashdi
18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
16:38 / 18.03.2025