18 mart kuni Xorazm viloyatining uçta hududi – Hazorasp, Şovot va Honqa tumanlarida hokimlar özgardi.

Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov iştirokida ötkazilgan sessiyada Hazorasp tumani hokimi lavozimiga prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan Maqsudbek Hojiyeviç Abdullayev nomzodi tavsiya etildi va u hokim lavozimiga tasdiqlandi.

Maqsudbek Abdullayev

Maqsudbek Abdullayev Tuproqqal’a tumanidagi «NEW BEST STYLE» MÇJ ta’sisçisi hisoblanadi.

Hazorasp tumaniga 2023 yil fevraldan buyon Zafar Abdirimov hokim edi, uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yöq.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida sessiyada Jörabek Rahimov sözga çiqib, tumanni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantiriş borasida yöl qöyilgan kamçiliklarni çuqur tahlil qilgani va galdagi ustuvor vazifalar xususida töxtalgani qayd etilgan.

Bugun xalq deputatlari Xonqa tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ham taşkiliy masala körib çiqildi. Viloyat hokimi uşbu tuman hokimi lavozimiga Uluğbek Jumaniyozoviç Davlatov nomzodini tavsiya etgan va muzokaralardan keyin deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullagan.

Uluğbek Davlatov

Uluğbek Davlatov bunga qadar Yangibozor tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Xonqa tumaniga 2020 yil dekabridan buyon Muradbek Saparbayeviç Davlatov hokimlik qilib kelayotgandi