Xorazm viloyatining Şovot tumanida yoş yigit katta benzin sisternasining içiga tuşib, çiqolmasdan vafot etgan. Holatni Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz’ga tasdiqladi.
Ma’lum bölişiça, 2004 yilda tuğilgan Murodbek Olloyorov “Şoxobod 2022” MÇJga qaraşli AYoQŞ işçisi Islombek Karimovning taklifi bilan içini tozalaş maqsadida narvon orqali benzin sisternasiga tuşgan. Biroq u yoqilği qoldiqlari hididan zaharlanib, sisternada vafot etgan. Hodisa 27 mart kuni sodir bölgan.
Şovot tumani IIB TQX ma’lumotida Murodbek Olloyorovning zaharlanib huşidan ketganini körgan Islombek Karimov uni olib çiqiş uçun sisternaga tuşgani, ammo özi ham huşini yöqota boşlagani hamda ukasi tomonidan tortib olingani keltirilgan. Kun.uz jurnalisti bilan suhbatlaşgan yigitning otasi Zoyirjon Rahimov esa öğli sisterna içida yolğiz qoldirilganini aytmoqda.
“AYoQŞda işlovçi yigit bir iş bor edi, deya menga qönğiroq qildi. Vaqtim yöq deb qönğiroqlariga javob bermagandim. Keyin uyimga borib, otang bilan gaplaşdim, sen qilib berarkansan, deya öğlimni aldab olib ketgan. Öğlim sisterna içiga narvon bilan tuşgan. Ular yonida odam bölgan deb aytişmoqda. Ammo öğlim özi tirmaşib çiqişga harakat qilgan. Negaki, jarohatlangan, şilingan joylari bor. Özim traktorçiman, oddiy oilamiz. 2-3 oydan keyin öğlimni uylantirib, töy qilmoqçi bölib ötirgandik”, Zoyir Rahimov.
Murodbek oilada yolğiz öğil bölgan. Uning murdasini sisterna içidan FVB xodimi olib çiqqani aytilmoqda.
Boş prokuraturaning Kun.uz’ga bildirişiça, hozirda holat tekşirilmoqda.












