15:42 / 22.11.2022
6058

Ukraina: Rossiyaning yo‘qotishlari 85 ming kishiga yetdi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanganidan beri Rossiya 85 mingga yaqin askarini yo‘qotgan. 

Foto: Getty Images

Bu ko‘rsatkich so‘nggi bir kunda 400 kishiga ko‘paygan, deb xabar berilgan Facebook’da. 

Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari, jumladan, 2895 ta tank (so‘nggi 24 soat ichida +3), 5827 ta zirhli jangovar mashina (+5), 1882 ta artilleriya tizimini (+12), 395 ta yalpi o‘t ochish reaktiv tizimini (+2) yo‘q qildi. 

Ma’lumotda aytilishicha, raqib kuchlari Baxmut va Liman yo‘nalishlarida eng katta yo‘qotishlarga duch kelgan.

Bundan oldin fotosuratlar va videolar orqali tomonlarning harbiy yo‘qotishlari haqida ma’lumot to‘playdigan Oryx tahliliy loyihasi Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri Rossiya kamida 1500 tankni yo‘qotgani haqida xabar bergandi. 

Qayd etilishicha, 859 ta tank yo‘q qilingan, 64 tasi - shikastlangan, 56 tasi - tashlab ketilgan, 521 ta tank esa Ukraina kuchlari tomonidan egallab olingan, deb yozadi Oryx.

Hammasi bo‘lib, Rossiya urush boshlanganidan beri, Oryx ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 8023 ta harbiy texnikani yo‘qotdi (4914 tasi yo‘q qilingan, 198 tasi shikastlangan, 300 tasi tashlab ketilgan, 2611 tasi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan egallab olingan). 

Oryx bu vaqt ichida Ukrainaning yo‘qotishlarini 2287 ta harbiy texnika bilan baholadi. Ulardan 1371 tasi yo‘q qilingan, 94 tasi shikastlangan, 60 tasi tashlab ketilgan, 761 tasi rossiyaliklar tomonidan egallab olingan.

Ro‘yxatga faqat yo‘qotilganligi ochiq manbalardagi foto va video materiallar bilan tasdiqlangan texnikalar kiritilgan, vayron qilingan texnikalarning haqiqiy miqdori ancha yuqori, deya ta’kidlaydi Oryx tahlilchilari.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top