Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ajratdi
AQSh Ukrainaga 400 million dollar miqdoridagi navbatdagi harbiy yordam paketini ajratdi. Unga NASAMS zenit-raketa tizimlari va HIMARS raketa tizimlari uchun mo‘ljallangan o‘q-dorilar ham kiradi, deyiladi Pentagon bayonotida.
NASAMS / Foto: Raytheon
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga HARM antilokatsiya raketalari, 200 ta yuqori aniqlikdagi 155 mm snaryadlar, 10 mingta 120 mm artilleriya minalari, 150 ta HMMWB zirhli yo‘ltanlamas mashinalari, 100 ta yengil taktik mashinalar, 20 milliondan ortiq patron, dronlarga qarshi 150 ta og‘ir pulemyot ham yetkazib beradi. Shuningdek, AQSh Ukrainaga 200 dan ortiq generator, 105 mm gaubitsalar uchun ehtiyot qismlarni ham bermoqchi.
Shu tarzda, Qo‘shma Shtatlarning 2014 yildan beri Ukrainaga ajratgan harbiy yordami miqdori 21,8 milliard dollardan oshadi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden davlat kotibi Entoni Blinkenga Ukrainaga harbiy yordam uchun 400 million dollar ajratishni topshirgan edi. O‘z navbatida, Blinkenning aniqlik kiritishicha, Amerikaning amaldagi ma’muriyati tomonidan Kiyevga ajratilgan harbiy yordamning umumiy miqdori 19,7 milliard dollarga yetgan.
Mavzuga oid
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
13:50 / 20.01.2026