Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Ukrainadagi urush g‘arb arsenallarini tugatmoqda
G‘arb davlatlari, jumladan, AQSh uchun Ukrainaga harbiy yordam sifatida yetkazilgan o‘q-dorilar va texnika zaxiralarini to‘ldirish qiyin, deb yozadi Fransiyaning Le Monde nashri. Rossiyada ham xuddi shunday muammolar mavjud.
Ukrainaga yetkazilayotgan katta hajmdagi harbiy yordam G‘arb davlatlarining, jumladan, AQShning o‘z harbiy arsenallarini sezilarli darajada tugatdi, deb yozadi 22 noyabr, seshanba kuni Fransiyaning Le Monde nashri. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu zaxiralarni to‘ldirish oson bo‘lmaydi va harbiy yordam ta’minotini saqlab qolish uchun muhim zaxiralardan foydalanish kerak bo‘lishi mumkin.
E’lon qilingan materialda qayd etilganidek, Ukrainadagi urush «yuqori shiddatli» mojarodir. Harbiy harakatlar cho‘qqisida Rossiya va Ukraina qo‘shinlari kuniga mos ravishda 60 minggacha va 20 minggacha snaryadlarni otishdi, keyin bu ko‘rsatkich kuniga 20 ming va yetti minggacha kamaydi - bu Pentagonning hisob-kitoblari.
Le Monde nashrining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga jami yordamning uchdan ikki qismini ajratgan, jumladan, 24 fevraldan beri Vashington Kiyevga milliondan ortiq snaryad va 50 mingga yaqin tankka qarshi raketa yuborgan. Ular orasida 8500 dan ortiq Javelin tankka qarshi raketa tizimlari (TQRT) va 1600 ga yaqin Stinger zenit raketalari mavjud bo‘lib, ular Amerikaning o‘z zaxiralarining uchdan bir qismini tashkil qilishi mumkin. Harbiy yordamning bunday ko‘lami hatto AQShda ham asosiy qurol zaxiralari tugashiga olib kelyapti.
Oryx ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri kamida 1500 tankini yo‘qotdi, bu uning o‘zi arsenali yarmiga yaqini. Natijada, Rossiya tomoni snaryadlar, uchuvchisiz uchoqlar yoki raketalar uchun Eron va Shimoliy Koreyaga murojaat qilishga majbur, deya ta’kidlaydi Le Monde.
O‘sha kuni Rossiya Eron va Shimoliy Koreyadan o‘z ta’minotini to‘ldirish uchun yordam so‘ragani haqida AQSh Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. «Bu uning zaifligini aniq ko‘rsatib turibdi va uning dunyoda qanchalik yakkalanib qolganini aniq bildiryapti», dedi Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026