Yakkasaroy tuman hokimligi yuristi firibgarlikka suiqasd va pora berish jinoyatlarida aybli deb topildi
Yakkasaroy tumani hokimligi yuriskonsulti do‘konning egalik huquqini bekor qilishga doir sud ishini tanishlari orqali hal etib berishini va’da qilib, bu xizmatini 1500 dollarga baholaydi. Tezkor tadbirda 500 dollar bilan ushlangan mulozim 2 yil-u 3 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yakkasaroy tuman hokimligida yuriskonsult lavozimida ishlagan sudlanuvchi do‘konning egalik huquqini bekor qilishga doir sud ishini tanishlari orqali fuqaroning foydasiga ijobiy hal etib berishini va’da qiladi va bu xizmatini 1500 dollarga baholaydi. U xizmati uchun oldindan 500 dollar bo‘nak oladi.
Tergov davomida hokimlik yuristi bu pullarni ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani ma’lum bo‘ladi.
Jabrlanuvchining arizasiga asosan Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi hamda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman hokimligi mulozimi kelishilgan pulning qolgan qismi, ya’ni 1 000 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olinadi.
“30 sentabr kuni u tuzatishga tashlab ketgan “NOTEBOOK”ini olib ketgani oldimga keldi. 1000 dollar pulingiz bormi, sud kotibiga 500 dollar berib qo‘yganman. Yana ming dollar bersangiz, do‘koningizga chiqqan egalik huquqini o‘z kuchida qoldirib beraman, dedi.
2500 dollarga boshqa birovning masalasini hal qilib berdim, 1500 dollarga sizning joyingizni hal qilib beraman, ya’ni sudya va kotibi bilan gaplashib beraman, deb mendan pulni olgandi”, deydi jabrlanuvchi.
Sudda yuriskonsult aybiga qisman iqror bo‘lgan. U pulni fuqaroning ishini hal qilib berish uchun emas, farzandining kontrakti to‘lovi uchun olganini ta’kidladi.
“Uning oldiga borganimda ko‘chada mashinalar ko‘p ekan. Avtomobilimni qo‘ygani joy yo‘q edi. Undan kompyuterimni tashqariga olib chiqishini so‘radim. Kompyuterning ba’zi joylarini ko‘rishim kerakligini aytib, ichkariga kirishimni so‘radi.
Kirganimdan keyin shogirdlari menga texnikani qanday o‘chirib-yoqishni ko‘rsatdi. Jahlim chiqib kompyuter monitorini qattiq yopib, portfeliga solib chiqib ketayotganimda mana so‘ragan pulingiz, deb qo‘limga berdi.
Keyin pulni sanamay cho‘ntagimga solib ko‘chaga chiqayotganimda organ xodimlari meni ushlashdi. Pulni nega oldingiz, deb so‘rashganda o‘g‘limning kontrakti uchun oldim, dedim. Buni tovlamachilik yo‘li bilan olmaganman. Bironta sudya va kotibini tanimayman”, deydi sudlanuvchi.
Prokuror tezkor tadbir paytida sudlanuvchining jinoyati guvohlar va xolislarning ko‘rsatmalari bilan to‘liq tasdiqlanganini aytib, suddan qonunbuzarni 3 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.
JIB Yakkasaroy tuman sudi yuriskonsultni firibgarlikka suiqasd qilish va pora berish jinoyatlarida aybdor deb topdi va 2 yil-u 3 oyga ozodlikdan mahrum etdi. Sudlanuvchi, shuningdek, bir yil davomida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istondan yerosti quvuri orqali O‘zbekistonga benzin tashigan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 19:13
-
Apple yana dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
Jahon | 18:36
-
Tuxum yetishtirish kooperatsiyasi uchun 50 million dollar yo‘naltiriladi
O‘zbekiston | 18:35
-
O‘zbekiston 2024 yilda gaz importini 2,4 barobarga oshirdi
Iqtisodiyot | 18:08
Mavzuga oid
18:17 / 20.01.2025
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
14:36 / 20.01.2025
2024 yilda hokim yordamchilari 309 ta korrupsion jinoyat sodir qildi
10:01 / 17.01.2025
Toshkent shahrida hokim yordamchisi 30 ming dollar bilan ushlandi
17:21 / 15.01.2025