Boş prokuratura huzuridagi departament tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlar davomida bir neçta hududda imtiyozli mablağlarni talon-toroj qiliş bilan boğliq holatlar foş etildi.

Jumladan, departamentning Oltinköl tumani bölimi aniqlagan holatga köra, «U.T.» va «Q.A.» MÇJning mas’ul şaxslari, Qayirma mahallasi hokim yordamçisi hamda boşqa şaxslar özaro til biriktirib, fuqarolarga issiqxona faoliyatini kengaytiriş uçun ajratilgan 442,3 million söm imtiyozli kredit mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan. Tergov ma’lumotlariga köra, xizmat körsatuvçi korxonalar amalda bajarmagan işlar hujjatlarda bajarilgan deb rasmiylaştirilgan.

Yana bir holat Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida aniqlangan. Unda Toşkent mahallasi sobiq hokim yordamçisi va boşqa şaxslar uşbu mahallada yaşovçi sakkiz nafar fuqaroga ajratilgan 248 million söm imtiyozli kredit mablağlarini ta’minotçi korxonalar orqali talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

Şuningdek, Departamentning Andijon şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tekşiruvda «L.A.» MÇJ rahbari va Farobiy mahallasi sobiq hokim yordamçisi fuqarolarga ajratilgan 163 million söm imtiyozli kredit mablağlarini firibgarlik yöli bilan özlaştirganlikda gumon qilinmoqda.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.