Jahon | 20:59 / 25.11.2022
22738
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirovning 15 yoshli o‘g‘lida 1,4 mln dollarlik soat borligi aniqlandi 

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov 85 million rubllik (yoki qariyb 1,4 mln dollarlik) soat taqib yuribdi. 

Foto: Aleksey Navalniy guruhi

Buni rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy guruhi aniqlagan. 

«Uning qo‘lida 85 million rubllik soat bor. Yelkasida 170 ming rubllik sumka, egnida 30 ming rubllik futbolka. Mintaqada o‘rtacha ish haqi 32 ming rublni tashkil qiladi. Biz suratdagi murabbiy posti ostida savol qoldirdik. Shundan so‘ng, u akkauntini yashirib qo‘ydi», — deb yozdi tadqiqotchilar. 

Oktyabr oyida Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘illari — 16 yoshli Axmat, 15 yoshli Eli va 14 yoshli Adam Ukrainaning annexia qilingan Mariupol shahriga borib, qurollar bilan videoga tushishgan edi. Keyinchalik Qodirov videoni o‘zining Telegram-kanalida joylashtirdi. 

Avvalroq, jurnalistlar Adam Qodirov 30 million rubllik soat taqib olganini aniqlashgan edi. 

Mavzuga oid