Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiyani chetlab o‘tgan holda neftini eksport qilmoqchi
Foto: Vedomosti
Qo‘shma Shtatlar Qozog‘iston hukumati bilan Rossiyani chetlab o‘tgan holda mamlakatdan neft eksportini yo‘lga qo‘yish uchun faol hamkorlik qilmoqda.
Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Qozog‘istondagi elchisi Deniyel Rozenblum xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda Qozog‘istondagi eng yirik Tengiz konida neft qazib oluvchi Amerika kompaniyalari va boshqa davlatlardan hamkorlar ishtirok etmoqda.
Sentyabr oyidan boshlab, «Kazmunaygaz» davlat kompaniyasi Boku-Tbilisi-Jayhon quvuri yordamida Gruziya va Ozarboyjon orqali neftni eksport qilishni boshladi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev iyul oyida Rossiya har yili o‘n million tonna xomashyo jo‘natiladigan Novorossiysk porti orqali neft tashishni to‘xtatganidan keyin, neft eksporti uchun muqobil kanallarni topish zarurligini e’lon qilgan edi.
Neft ortidan Qozog‘iston yana bir yirik eksport mahsuloti bo‘lgan uranni ham Rossiya portlarini chetlab o‘tgan holda eksport qilmoqchi.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026