Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardor Umrzoqov: “Sirdaryodagi infratuzilma obektlari qurilishida resurslarni 30 foizgacha tejash tartibi joriy qilinadi”
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov raisligida Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Yashil makon dasturini amalga oshirishda viloyatni namunaviy hududga aylantirish hamda infratuzilma obektlari qurilishida bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz shaffof tizim yaratish haqida gapirildi.
Yashil makon dasturini amalga oshirishda Sirdaryo viloyati namunaviy hududga olib chiqiladi.
Buning uchun yangi choralar amalga oshiriladi:
- barcha fermerlar tomonidan dala chetlariga tut va uzum ekish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
- viloyatning barcha mahallasida rayhon va yalpiz ekish, qayta ishlash va sotish namunaviy tizimi yaratish.
Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Yana bir tashabbus – viloyatda infratuzilma obektlari qurilishida resurslarni 30 foizgacha tejash namunasi.
Ushbu tashabbusni amalga oshirishga mas’ul va javobgar - viloyat prokurori bo‘ladi. Bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz shaffof tizim yaratiladi, dedi Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov.
Mavzuga oid
13:52 / 01.05.2026
Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotinini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi
09:18 / 29.04.2026
Sirdaryoda soliqchi pora sifatida tilla taqinchoq olganda ushlandi
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
18:05 / 30.03.2026