Qöqon xoni Xudoyorxon va uning farzandlarining hayoti juda çigal keçgan. Xon ğariblikda, Afğonistonning Mozori Şarif şahrida vafot etgan. Uning farzandlari ham turliça taqdirga duç kelgan. Ular orasida kenja öğil bölgan Fansurullobekning hayoti ham ayançli tugagan. Çor Rossiyasining «qora röyxati»ga tuşganiga qaramasdan omon qolgan Fansurullobekni oxir-oqibat mustabid sovet tuzumi yöq qilgan.

Qöqonning sobiq xoni Xudoyorxonning taqdiri çigal keçgan. Avvaliga Örta Osiyodagi yirik davlatni boşqargan uşbu şaxs, keyinçalik ruslar bosqinidan söng Orenburgga surgun qilinadi. U yerdan qoçib hajga borgaç, qaytişda ğariblikda vafot etadi.

Tarixga nazar taşlansa, Xudoyorxon vafot etgandan söng farzandlari ham oson hayot keçirmagani va ularning taqdiri ham turliça keçganini köriş mumkin.

Xudoyorxon avlodidan bölgan, uning öğli Sayyid Umarbekning nabirasi Şohruhbek Umarov özining «Xudoyorxon avlodlari tarixi» kitobida yozişiça, xonning 11 nafar farzandi bölgan.

Öğillari – Nasriddinbek (1850-1882), Muhammad Aminbek (1857-1923), Sayyid Umarbek (1863-1928), Örmonbek (1867-1883), Ibn Yaminbek (1871-1918), va Fansurullobek 1872-1931).

Qizlari – Şahzodaxon (1861-1919), Törapoşşoxon (1863-vafot etgan yili aniq emas), Xonpoşşaxon (1867-1930), Mohzodaxon (1867-vafot etgan yili aniq emas) va Ozodaxon (1871-vafot etgan yili aniq emas).

Xonning farzandlari orasida Fansurullobek alohida örin tutadi. U avvaliga jadidlar harakatiga qöşiladi. Munavvarqori bilan bilan birga gazetalar çop etişda qatnaşadi. Davriy matbuotda öz maqolalarini, şe’rlarini e’lon qiladi.

Turkiston sovetlar tomonidan egallangaç umrining oxirigaça yurt ozod bölişini orzu qilib ötadi. Fansurullobek 1930-yillar boşida boşlangan mustabid Stalin qatağonining qurboni böladi.

Xudoyorxonning kenja öğli Fansurullobekning qaçon tuğilgani haqida aniq ma’lumotlar yöq. Uning tuğilgan yilini turli tadqiqotçilar turliça yozişgan. Kimdir u 1870 yilda tuğilgan desa, yana kimdir 1872 yilda deydi.

Taniqli olim Şarif Yusupov özining «Xudoyorxon va Furqat» kitobida 1889 yilda Furqat Qöqondan Toşkentga köçib ötganda Fansurullobek 20–22 yoşli yigit bölgan deydi.

Şohruhbek Umarov esa Fansurullobekni 1872 yilda tuğilgan deb ma’lumot beradi. Ammo Şarif Yusupov öz asarida Fansurullobek otasidan ajrab qolganda 6-7 yoşli bola bölganini yozgan.