AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi uruşda harbiy jinoyat sifatida tasniflaş mumkin bölgan harbiy jinoyatlar sodir etilganini ma’lum qildi, biroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «harbiy jinoyatçi» deb ataşdan boş tortdi.
Rubio 21 may kuni AQŞ Kongressi Vakillar palatasining Taşqi işlar böyiça qömitasi eşituvlarida çiqiş qildi. Demokrat kongressmen Bill Kiting Rubiodan «davlat kotibi Ukraina bilan mojaroda Rossiyani bosqinçi deb hisoblaydimi?», deb söradi. «Ha, Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi», — deya javob qaytardi Rubio.
Şundan keyin Kiting Rubiodan u Vladimir Putinni — «AQŞ muzokaralar olib borayotgan insonni» harbiy jinoyatçi deb hisoblaş yoki hisoblamasligini söradi.
Bunga javoban davlat kotibi Ukrainada yuz bergan ayrim voqealarni harbiy jinoyat sifatida tasniflaş mumkinligini aytdi, «ammo bizning maqsadimiz — uruşga çek qöyiş», dedi. «Biz Putin bilan gaplaşmay turib, uruşni tugata olmaymiz», — dedi Rubio.
«Bu juda oddiy. U — harbiy jinoyatçimi? Biz muzokaralar olib borayotgan Vladimir Putin — harbiy jinoyatçimi?», — deya qayta söradi Kiting.
«Ammo men savolingizga javob berişga harakat qilyapman va biz uruşni tugatişga urinayotganimizni aytyapman… Harbiy jinoyatlar sodir etilgan. Şuhbasiz. Bunga kim javob beradi? Buning vaqti va joyi keladi. Ammo hozirgi vazifa — uruşni yakunlaş», — deya ta’kidladi Rubio.
Kiting Rubioni «ikkiyoqlamalik» va «savollardan qoçiş»da aybladi. Öz navbatida, davlat kotibi uruş davom etarkan har kuni odamlar halok bölişi, «yanada köproq odamlar yaralanişi va köproq harbiy jinoyatlar sodir etilişini» aytdi.
Umumiy hisobda Kiting Rubioga Putinni harbiy jinoyatçi sifatida hisoblaş yoki hisoblamasligiga oid savolni olti marta berdi.
2017 yil yanvarda Reks Tillersonni davlat kotibi lavozimiga tasdiqlaş böyiça eşituvda Rubio (öşa vaqtda senator lavozimida bölgan) undan «Putinni harbiy jinoyatçi deb hisoblaysizmi?», deb söragan edi. U esa bunday ta’rifdan foydalanmasligini aytgandi. «Vladimir Putin harbiy jinoyatçi ekanini aytiş qiyinçilik tuğdirmasligi kerak. Fikrimça, umumiy qabul qilingan narsani ayta olmasligingiz meni xafa qildi», — degan edi öşanda Rubio.












