Ikki grand Qatarda sifatli öyin körsatişdi, lekin ğolib aniqlanmadi.

JÇ-2022. 2-tur. Ye guruhi
Ispaniya — Germaniya 1:1
Gollar: Morata (62) — Fullkrug (83).
Ispaniya – Simon, Karvaxal, Laport, Rodri, Alba (Balde, 82), Buskets, Pedri, Gavi (Uilyams, 66), Olmo, Asensio (Koke, 66), Ferran Torres (Morata, 54). 
Germaniya – Noyyer, Kerer (Klostermann, 70), Ryudiger, Zyule, Raum (Şlotterbek, 87), Gundöğan (Sane, 70), Goretska, Kimmix, Myuller (Fyullkrug, 70), Gnabri (Hofmann, 85), Musiala.
Ogohlantirişlar: Kerer (37), Buskets (44), Goretska (58), Kimmix (60).

Guruh bosqiçining asosiy bahsi

2010 va 2014 yilgi jahon çempionlari jangi bu çempionat guruh bosqiçidagi eng asosiy öyin bölişi tayin edi. Turnirda boşqa bunday afişani topib bölmaydi: Ispaniyaning Germaniya bilan öyini — ham klassika, ham zamonaviylik.

Qur’a taşlanganidan keyin köpçilik bu jamoalar pley-offga osonlik bilan yöl olişini taxmin qilgandi, çunki Yaponiya va Kosta-Rika bu titanlar fonida mitti jamoalar bölib körinadi. Ammo osiyoliklar nemislarni mağlub etib, dastlabki turda katta şov-şuv kötarişdi, Ispaniya esa kostarikaliklarni 7:0 hisobida mağlub etib, turnirning eng yirik hisobini qayd etdi. Bu natijalar esa Ispaniya va Germaniya qarama-qarşiligida intrigani yanada kuçaytirdi.

Hansi Flik jamoasi bu öyinda oçko olişi şart edi. Yaponlarga qarşi öyinning ikkinçi bölimidagi sustkaşlik reaksiya körsatişni talab etardi. Va bundestim murabbiylar ştabi vaziyatga töğri yondaşdi: boşlanğiç tarkibda atigi ikki özgariş amalga oşirildi, ammo bunga qöşimça ravişda uç futbolçi pozitsiyasini özgartirdi. Zyule özi könikkan himoya markaziga qaytdi, Gundöğan «önlik» pozitsiyasiga kötarildi, Myuller eng kuçli davrlaridagi kabi yagona markaziy forvardga aylandi.

Pressing hukmronligi

Birinçi bölim Flik nima uçun bunday transformatsiyaga qöl urganini körsatdi. Yaponiyaga qarşi öyinda nemislar deyarli pressing uyuştirmagandi — sababi töp asosan ularda bölgandi. Avvalgi turda mingdan ortiq uzatma amalga oşirgan Ispaniyaga qarşi öyinda esa maşhur nemisça pressingni namoyiş etiş talab etilardi. Va Myuller Haversdan köra yaxşiroq bosim uyuştirdi, raqibning zaif nuqtalarini qidirdi, jamoaning hujum çiziğidagi boşqa vakillari uning ortidan ergaşdi. Germaniya birinçi bölimda raqibning har bir futbolçisini yopa oldi va bir neça bor ularni xato qilişga majbur etdi — bu örinda Unai Simonning dahşatli pasini eslaş mumkin, bu vaziyatda Gnabri hisobni oçişiga bir baxya qoldi.