«Aziz Germaniya, aslida, bunday işlardan yiroq, öta sirli odamman. Ammo milliy jamoadan ketar ekanman, şunçaki «instagram» post bilan çeklanişni istamadim. Sizlarga Germaniya men uçun nimani anglatişi, futbol hayotimda neçoğliq öringa ega ekanligini tuşuntirmoqçiman. Boisi, bu qaror, haqiqatan ham, juda qiyin böldi. Tanam boşimdan yuragim qadar darz ketdi. Yuragim: «Sen bularni soğinasan: öz Vataning şarafini himoya qiliş ğururini va jamoadoşlaring bilan yelkadoş bölişni». Ammo oilam bilan maslahatlaşgaç, bu ketiş uçun eng maqbul palla ekanligini anglab yetdim.

Men Yevropa çempioni sifatida xayrlaşişni maqsad qilgandim. Ammo turnirda bölişning özi va xalqimizning yangi avlod jamoasiga tirgak bölib turganini köriş ajoyib böldi. Çunki qanday holatdan milliy jamoaga yetib kelganimni unutmasligingiz kerak.

18 oy oldin «özi endi futbol öynay olamanmi?» deya özimga savol berardim. Oyoğimni sindirib olgan dastlabki lahzalarda xotirjam edim. Vertolyot keladi, meni şifoxonaga olib boradi va doktorlar yordamida tezda oyoqqa turib, maydonga qaytaman, deb öylayotgandim. Ammo ma’lum böldiki, bu oddiy oyoq sinişi emasdi va futbolçilik faoliyatim jiddiy xavf ostida edi. Eng qiyini — xavotir içida yaşaş edi. Biroz avval çanğida uçayotgan eding, endi esa kasalxona devorlariga qarab, hayoting mazmuniga aylangan maşğulotni sendan tortib olişlari mumkinligini öylab qiynalasan.

Men juda qörqqandim. Menimça, hammada şunday bölardi. Bir hafta şifoxonada yotdim. Keyin esa terapist va doktor har kuni uyimizga kela boşladi. Ular barçasi öz holiga qaytişi mumkinligini aytganlarida qanday yengillik his qilganimni söz bilan ta’riflab bera olmayman. Öşa yilgi yangi yil bayramiga doktor va uning oilasini biznikida qahva içişga taklif qilgandik. Muolajalar öz yakuniga yetgaç ham oilaviy keçki ovqat uçun bizning uyimizda jam böldik. «Bavariya» tibbiy bölimi vakillarining ham bu boradagi yordami katta böldi.

Bir neça oylardan söng men bosqiçma-bosqiç oyoqqa tura boşladim: yana qadam taşlay boşladim, yana yugurdim, yana maşğulotlarga kirişdim, yana maydonga tuşdim… Özim soğingan hamma narsani qaytarib oldim.

Meni eng köp faxrlantiradigani — taslim bölmaganim. Oilam, döstlarim va yaqinlarim yordami bilan Yevroga 7 oy qolganda maydonga qaytdim. Turnir uçun qaydnomada ismimni eşitgaç, çeksiz ğurur hisini tuydim. Kiçik möjiza sodir bölgandi.

Albatta, köpçilik mening yana birinçi raqamli darvozabon böla olişimga şubha bilan qaraşdi. 38 yoşda edim va 1 yilça maydonda bölmadim. Biroq murabbiylar ştabi menga asosiy örin uçun kuraşişim kerakligini aytişdi va mavsumning qolgan qismida yomon harakat qilmagandim. Özimga özim «balki yoşim 35dadir, jarohatlar öğirlagan vaqtimni ayirib taşlasak, 35 yoş bölaman», deb aytardim. Birinçi öyinimiz boşlanişi bilan katta musobaqada kuraşiş quvonçini his qildim. Hamma narsani unutdim. Men Yer yuzida özimga manzur bölgan eng baxtli nuqtada edim… Ustunlar orasida, davlatim şarafini himoya qilayotgandim.