A guruhi

Nemislar mağlubiyat bilan boşladi

Slovakiya – Germaniya 2:0
Gollar: Gansko, 42 (1:0). Strelets, 55 (2:0)
Slovakiya: Dubravka, Şatka, Şkrinyar, Gansko, Dember, Lobotka, Duda (Beneş, 90), Bero, Sauer (Bojyenik, 83), Dyuriş (Rigo, 66), Strelets (Tupta, 83)
Germaniya: Baumann, Ryudiger, Ta, Mittelştedt, Kollinz (Raum, 46), Kimmix, Ştiller (Amiri, 60), Goretska, Virs, Gnabri (Adeyyemi, 66), Voltemade
Ogohlantirişlar: Ryudiger, 61. Adeyyemi, 89. Mittelştedt, 90

Nemislar ikkinçi daqiqadayoq burçak zarbasidan keyin gol ötkazib yuborişi mumkin edi. Slovakiya bu öyinda heç bir jabhada Germaniyadan ortda qolmasdan, nemislarning hujumlariga munosib qarşi hujumlar bilan javob qaytardi. Masalan, Virsning faqat Dubravkaning reaksiyasi tufayli gol bilan yakunlanmay qolgan çiroyli reydidan keyin amalga oşirilgan javob hujumida Ryudiger qöpol xatoga yöl qöydi. Mehmonlar faqat Taning özini zarba yöliga taşlaşi tufayli goldan qutulib qoldi. Ammo yakunda baribir nemislar himoyasidagi zaif nuqta pand berdi. Yulian Nagelsmann tanaffusdayoq 21 yoşli debyutant Kollinzni zaxiraga oldi. Birinçi bölim davomida uning qanotida tez-tez tahlikali vaziyat yuzaga kelgandi va Hanskoning goli ham şu qanotdan boşlangan hujum natijasida urildi. Unga assistentlik qilgan Strelets esa ikkinçi bölim boşida amalda öyin taqdirini hal qildi.

Avvaliga Dubravka Goretskaning xavfli zarbasini qaytardi, javob hujumida Strelets finti bilan Ryudigerning boşini aylantirib taşladi va aylanma zarbasi bilan töpni olis «töqqizlik»ka joylaştirdi. Germaniya milliy jamoasi öyinning 70 foiz vaqtida töpga egalik qilişdi, ammo bu gol olib kelmadi. Bratislavadagi öyin nemislar JÇ saralaşini ilk bor mağlubiyat bilan boşlagan öyin sifatida tarixga kirdi. Bundan taşqari, Germaniya JÇ saralaşlarida safar öyinlarida 52 öyin davom etgan mağlubiyatsiz seriyasini töxtatdi.

Germaniya qatorasiga törtinçi öyindirki ğalaba qozona olmayapti, qatorasiga uçinçi öyinda mağlubiyatga uçradi. Martda italyanlar ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi ğalabadan keyin xuddi şu jamoa bilan – 3:3 öynaldi (nemislar 3:0 hisobida oldinga borgan va bu ustunlikni boy bergandi), keyin esa uç mağlubiyat qayd etildi: Millatlar ligasida Portugaliyadan 1:2 va Fransiyadan 0:2, endi esa FIFA reytingida 52-örinda turgan jamoadan 0:2 hisobida.

Aftidan, Yulian Nagelsmanni oldinda köp iş kutmoqda.