17 noyabr oqshomida JCh-2026 Yevropa saralashida yana uch guruhda guruh o‘yinlari yakunlandi va ikki jamoa mundial yo‘llanmasini rasmiylashtirdi. Yana ikki jamoani o‘tish o‘yinlari kutmoqda.

A guruhi

Germaniya – Slovakiya 6:0
Gollar: Voltemade, 18 (1:0). Gnabri, 29 (2:0). Sane, 36 (3:0). Sane, 41 (4:0). Baku, 67 (5:0). Uedraogo, 79 (6:0)
Germaniya: Baumann, Ta, Shlotterbek (Tshau, 64), Raum (Braun, 72), Kimmih (Baku, 64), Pavlovich (Nmecha, 46), Goretska, Gnabri, Virs (Uedraogo, 77), Sane, Voltemade
Slovakiya: Dubravka, Obert, Shkrinyar, Gansko, Dember (Shatka, 46), Lobotka, Duda (Shrans, 46), Bero (Rigo, 24), Sauer, Dyurish (Pekarik, 82), Strelets (Bobchek, 67)
Ogohlantirishlar: Ta, 70. Tshau, 70

Germaniya milliy jamoasi birinchi turda kutilmaganda Slovakiyaga yutqazib qo‘ygandi (0:2). Shu tufayli Yulian Nagelsman jamoasi keyingi to‘rt o‘yinda g‘alabali seriya qayd etganiga qaramay, oxirgi turgacha JCh-2026 yo‘llanmasini rasmiylashtira olmagandi. Javob uchrashuvida nemislarni durang ham qoniqtirgan bo‘lardi, ammo ular slovaklarga rahm qilib o‘tirmadi. Germaniya eng yirik g‘alabasini shu raqibga qarshi o‘yinda qayd etdi – 6:0.

Mezbonlar birinchi bo‘limdayoq to‘rtta gol urishdi, Nik Voltemade terma jamoadagi qatorasiga uchinchi o‘yinda nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, «Galatasaroy» dubli Leroy Sane dubl qayd etdi, Serj Gnabri, Ridle Baku va 19 yoshli Assan Uedraogo (debyut o‘yinida va maydonga tushganidan ikki daqiqa o‘tib) bittadan gol urishdi. «Liverpul»da moslasha olmayotgani uchun tanqidga uchrayotgan Florian Virs Sanening ikki goliga assistentlik qildi. Germaniya 1954 yildan buyon uzluksiz ravishda jahon chempionatlariga chiqib kelmoqda va 2026 yil yozida ham katta natijalarni ko‘zlagan. Slovakiyada ham jahon chempionatiga yo‘llanma olish uchun imkoniyat saqlanib qolmoqda. Ammo buning uchun o‘tish o‘yinlarida ikki o‘yinda g‘alaba qozonish kerak bo‘ladi.

Shimoliy Irlandiya – Lyuksemburg 1:0
Gol: Donli, 44 – penalti (1:0)
Shimoliy Irlandiya: Hazar, Makneyr, Braun, Makkonvill, Gelbreyt, Layons (Smit, 53), Makdonnell (Magennis, 67), Lyuis (Kelli, 82), Bredli (Devlin, 46), Donli (Marshall, 67), Prays
Lyuksemburg: Mori, Korats, Karlson, Yans, M. Martins (Dzogovich, 87), Olesen (Moreyra, 67), K. Martins, Barreyru, Dardari (Avdusinovich, 67), Till (Muratovich, 80), Sinani