Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2022. Kazemironing goli Braziliyani 1/8 finalga olib chiqdi
JCh-2022 G guruhi 2-turi doirasidagi Braziliya va Shveytsariya o‘rtasidagi o‘yindan keyin yana bir jamoa nimchorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images
«Stadium 974»da o‘tgan uchrashuvda Braziliya qiyin va muhim g‘alabaga erishdi. Ikkinchi bo‘limda Risharlison to‘pni Kazemiroga olib bergan, u esa Vinisiusni yakkama-yakka vaziyatga chiqargach, hisob ochildi. Ammo VAR vaziyatni takror ko‘rgach, Risharlison o‘yindan tashqari holatda ekani ma’lum bo‘lib, gol bekor qilindi.
Shunga qaramay, 83-daqiqada Kazemiro kuchli va aniq zarbasi bilan hisobni ochib, yakunda jamoasiga muhim g‘alaba va 1/8 final yo‘llanmasini taqdim etdi.
Tite shogirdlari 2 o‘yindan keyin 6 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Shveytsariya 3 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. Kamerun va Serbiyada bir ochkodan mavjud. Braziliya so‘nggi turda Kamerun, Shveytsariya esa Serbiyaga qarshi maydonga tushadi.
JCh-2022. G guruhi. 2-tur
Braziliya – Shveytsariya 1:0
Gol: 1:0 – 83 Kazemiro.
Braziliya – Alisson, Militao, Tiago Silva, Markinos, Aleks Sandro (Telles, 86), Kazemiro, Fred (Bruno Gimaraes, 58), Lukas Paketa (Rodrigo, 46), Risharlison (Gabriel Jyezus, 73), Rafinya (Antoni, 73), Vinisius Junior.
Shveytsariya – Zommer, Vidmer (Fray, 86), Elvedi, Akandji, Rodriges, Jaka, Froyler, Sou (Ebisher, 76), Vargas (Fernandesh, 59), Rider (Shteffen, 59), Embolo (Seferovich, 76).
Ogohlantirishlar: Rider (50), Fred (52).
Tavsiya etamiz
Sentyabrning o‘rtalari salqin, oyning uchinchi o‘n kunligi esa iliqroq o‘tishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 21:31 / 08.09.2025
Chiroyli avtoraqamlarni auksion orqali sotish amaliyoti bekor qilinadi
O‘zbekiston | 20:31 / 08.09.2025
Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 20:27 / 08.09.2025
Iqlim o‘zgarishi jahonda go‘sht narxlarini oshirmoqda
Iqtisodiyot | 14:56 / 08.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston chegarasida elektron navbat ishga tushirildi
Jahon | 21:49
-
Yetib keldik! – Tramp Rossiya dronlari Polsha havo hududini buzgani haqida
Jahon | 21:44
-
Ish tashlash huquqi qonun bilan mustahkamlanadi
O‘zbekiston | 21:32
-
“Opam ona sog‘inchini o‘zi bilan olib ketdi” – Angrendagi dahshatli YTHda opasi va otasidan ayrilgan o‘g‘il
Jamiyat | 21:08
Mavzuga oid

13:29 / 16.10.2024
Messida het-trik va ikki uzatma, Braziliya o‘ynay boshladi. Konmebolda JCh saralashi

22:58 / 09.12.2022
Braziliya penaltilar seriyasida Xorvatiyaga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi

18:24 / 09.12.2022
Messi va Neymar yarimfinalda o‘zaro to‘qnashadimi? Kunning asosiy intrigalari

12:59 / 06.12.2022