Jahon | 07:13 / 29.11.2022
5913
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bir hafta ichida Xerson viloyatini 258 marta o‘qqa tutdi

O‘tgan hafta davomida Rossiya harbiylari Xerson viloyatining 30 ta aholi punktini 258 marta o‘qqa tutdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida ma’lum qildi. 

Foto: Reuters

Bundan tashqari, Mikolayivni suv bilan ta’minlagan nasos stansiyasi shikastlangan.

Zelenskiy, shuningdek, Ukrainadagi Rossiya jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha maxsus tribunal yaratishga doir diplomatik ishni davom ettirishini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning urush va terror uchun javobgarligi so‘nggi paytlarda turli darajadagi uchrashuvlarning asosiy mavzusi hisoblanadi.

Bundan oldin Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Xersonga amalga oshirgan zarbalariga izoh bergandi. 

«Men deyarli har soatda okkupantlarning Xerson va mintaqadagi boshqa jamoalarga hujumlari haqida xabarlar olaman. Bunday terror Rossiya armiyasi Xerson viloyatini tark etishga majbur bo‘lganidan so‘ng darhol boshlandi. Bu yutqazganlarning qasosidir», - deydi Ukraina prezidenti.

«Ular qanday kurashishni bilmaydilar. Ular hozirgacha qila olgan yagona narsa - terror qilish. Yo energetik terror, yo artilleriya, yo raketa terrori - Rossiya hozirgi rahbarlari davrida mana shunday degradatsiyaga uchradi», - deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Mavzuga oid