Jahon | 07:25 / 29.11.2022
12076
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Yevropa mamlakatlari: Rossiyaning o‘qqa tutishi - urush jinoyati

Boltiqbo‘yi va Shimoliy Yevropaning yetti davlati tashqi ishlar vazirlari Kiyevga tashrifi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotida Kiyevni qo‘llab-quvvatlashiga ishontirib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdi.

Foto: Picture Alliance

Estoniya, Finlandiya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya va Shvetsiya tashqi ishlar vazirlari Kiyevga tashrifi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot chiqarib, unda Ukrainaga iqtisodiy, harbiy va gumanitar yordam ko‘rsatishga ishontirib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Rossiyaning Ukraina fuqarolik infratuzilmasini o‘qqa tutishi urush jinoyatlari deb ataldi. Bayonot matni 28 noyabr, dushanba kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi.

Tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning Ukraina hududlari, jumladan Qrimni annexia qilishga urinishlarini mamlakatlar hech qachon tan olmasligini ta’kidladi. «Ukraina xalqaro tan olingan chegaralar doirasida mustaqillik va suverenitetni ta’minlash hamda hududiy yaxlitligini tiklash uchun o‘zini-o‘zi himoya qilish huquqiga ega», — deyiladi hujjatda.

Vazirlar «Ukrainaning o‘z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish qobiliyatini ta’minlash uchun siyosiy va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga» va’da berishdi. Alohida hujjatda Ukrainaning havo hujumidan mudofaa qobiliyatini yaxshilash va qishga tayyorgarlik ko‘rish, Ukraina energetika infratuzilmasini tiklash uchun insonparvarlik yordami ko‘rsatish muhimligi ta’kidlangan.

«Biz Rossiyaning tinch aholiga va muhim infratuzilmaga, xususan, energiya infratuzilmasi obektlariga qarshi terrorga qaratilgan hujumlarini keskin qoralaymiz. Tinch aholiga qilingan bu hujumlar urush jinoyati hisoblanadi», - deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va «oxirgi rus askari Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan hududini tark etmaguncha, Rossiya agressiyasi to‘xtamaguncha» Rossiyaning eksport tushumini cheklashga chaqirdi.

Tashqi ishlar vazirlari «Rossiya fuqarolariga Yevropa Ittifoqiga kirish uchun Shengen va milliy vizalar berilishini cheklash muhimligini» qayd etishdi.

Mavzuga oid